Page 94 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 94

  muzliklarning erishi natijasida hosil bo‘lgan suvlar;
                     sizot suvlar.
                   Daryolar  o‘zlarining  hosil  bo‘lish  manbalari,  oqish  tezligi,  yerning  geologik
            tuzilishi,  geomorfologik  va  iqlimiy  sharoitiga  qarab  o‘zlari  bilan  har  xil  miqdorda
            organik  va  mineral  moddalarni  olib  keladi.  Misol  uchun,  shimoliy  daryo  suvlarida
            organik  moddalar  ko‘p  bo‘lib,  fulvokislotalar  va  kremnezemlarni  olib  keladi.  Bu

            suvlar  tarkibida  temir  va  alyuminiy  birikmalari  kam,  karbonat  va  bikarbonatlar
            bo‘lmaydi. Dasht zonasining daryolarida organik moddalar kam bo‘lib, ular tarkibida
            sulfatlar ham karbonatlar bo‘ladi. Janubiy oblastlarning daryolarida esa sulfat hamda
            xloridli birikmalar juda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bu suvlarning mineralizatsiyasi juda
            yuqori bo‘lib. Ular sizot suvlari bilan bog‘langan bo‘ladi.
                   Daryo  suvlarining  kimyoviy  tarkibi  va  uning  mineralizatsiyasi  oqimdagi
            zaharli  tuzlar  miqdori  yerning  geologik  tuzilishi  va  daryolarning  hosil  bo‘lish
            manbaiga qarab olinib kelinadigan tuzlar 1-2 g/l dan 5 g/l gacha boradi. Bu tuzlarning
            ko‘pchiligi  yangidan  o‘zlashtiriladigan  yerlarda  to‘planadi.  Sho‘rlangan  yerlarni
            melioratsiyasi  natijasida  zovurlardagi  suvlarni  yana  qaytadan  daryolarga  quyilishi
            oqibatida uning mineralizatsiyasi yanada oshib boradi va quyi oqimdagi yerlarning
            sho‘rini oshirishga sabab bo‘ladi.
                   Tuzlarning  to‘planishida  sizot  suvlarining  roli.  Tuproq  va  uning
            qatlamlarida tuzlarning to‘planishida va aralashishida sizot suvlari asosiy omillardan
            biri  hisoblanadi.  Sizot  suvlari  deb  tuproqning  bo‘shliq  qatlamlarida  erkin  suvlarni
            to‘planishiga  aytamiz,  vaqtinchalik         to‘planadigan  hamda  yer  yuzasiga  yaqin
            joylashgan suvlarni esa davriy suvlar deb yuritiladi.
                   Sizot  suvlari  atmosfera  yog‘in-sochinidan,  yer  ustki  suvlaridan,  suv
            havzalaridan,  irrigatsion  va  bug‘simon  suvlarni  yerning  chuqur  qatlamlaridagi
            kondensatsiyasidan  hosil  bo‘ladi.  Sizot  suvining  sathi  tuproq  qatlamlarida  suvning
            harakati,  uning  sarflanishi,  oqimi  hamda  bo‘linishiga  bog‘liq  ravishda  davrlarga
            qarab ko‘tarilib pasayib turadi.
                   Sizot  suvlarining  oqimi  va  chiqimi  tuproq  qatlamlarining  xarakteri,  yerning
            nishabligi va gidravlik bosimga bog‘liqdir.  Yengil  mexanik  tarkibli  jinslarida  sizot
            suvlarining oqimi bir muncha tez bo‘lib, yerning nishabi va bosimga nisbatan metr
            bilan  o‘lchanadi.  Agar  yerning  nishabligi  kam  bo‘lsa,  sizot  suvlarining  oqimi
            sekinlashadi.
                   Sizot  suvlari  sathining  o‘zgarishi  tuproq  va  uning  qatlamlarida  tuzlarning
            to‘planishida va aralashishida muhim o‘rin tutadi. Agar sizot suvlari yer yuzasidan
            chuqur  (5-7  m)  joylashsa  tuproq  namligi  rejimiga  ta’sir  qila  olmaydi,  agarda  sizot
            suvlari  yer  yuzasiga  yaqin  joylashgan  bo‘lsa,  u  tuproq  suv  rejimiga  uning
            kapillyarlari orqali ta’sir qilib, biologik jarayonlarni o‘zgarishiga olib keladi.
                   Agarda  tuproqlar  davrli  ravishda  kapillyarlar  orqali  namlanib  tursa  yarim
            gidromorf tuproqlar hosil bo‘ladi (bo‘z-o‘tloqi, taqir-o‘tloqi va x.k.). Agar tuproq va
            uning  qatlamlari  doimiy  sizot  suvlari  ta’sirida  namlanib  tursa  (2-3  m  va  undan
            yuqori)  gidromorf  tuproqlar  vujudga  keladi  (o‘tloqi,  botqoq-o‘tloqi  va  botqoqlar).
            Tuproqlar  mineralizatsiyalashgan  sizot  suvlari  ta’sirida  sho‘rlanadi,  agar  tuproq
            kuchli mineralizatsiyalashgan sizot suvlari ta’sirida bo‘lsa, sho‘rhoklarga aylanadi.


                                                            94
   89   90   91   92   93   94   95   96   97   98   99