Page 83 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 83
agrofizik xossalariga ta’sir ko‘rsatadi, chunonchi, eroziyalanganlik darajasi oshgan
sayin gumus, oziq elementlar miqdori va zahiralari, singdirish sig‘imi kamayadi,
tuproqlarning skeletliligi oshadi, mexanik tarkibi yengillashuvi sodir bo‘ladi, fizik loy
miqdori kamayadi. Eroziyaga chidamlilik va eroziyalanganlik darajasi oshgan sayin
profil bo‘yicha chuqurlashgan sari kamayadi, bu tuproqning gumus holati
yomonlashuvi, tuproqlarning kimyoviy tarkibi, biologik, fizik-kimyoviy xossalari
o‘zgarishi bilan bog‘liq. Eroziyaga duchor bo‘lgan tuproqlarning bioenergetik
ko‘rsatkichlari yonbag‘ir elementlari va ekspozitsiyasiga, eroziyaga duchor bo‘lish
darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Eroziya jarayonlari natijasida tuproq fitomassasida, gumus
va mikrob mavjudotlarida o‘zlashtirilgan quyosh energiyasining 30-50% ni
yo‘qotadi, biologik jarayonlar jadalligi quyoshning bog‘langan energiyasi zahirasiga
bog‘liq bo‘lishini hisobga olganda, eroziya ekosistemaga yetkazadigan zarar miqyosi
kattaligi to‘g‘risida xulosa qiladi.
Shu sababli o‘z vaqtida tog‘-o‘rmon fondi yerlar melioratsiyasiga oid
tadbirlarni o‘tkazish, ya’ni tog‘ va adirlar doirasidagi qishloq xo‘jalik uchun
o‘zlashtirilgan yerlarda ixota daraxtzorlarini barpo etish, tog‘li rayonlarda nishabi tik
yerlarning terrasa (zinapoya) shaklida tekislab, mevali daraxtlar, yong‘oq daraxti va
boshqa daraxtlar ekish lozim.
Bu borada Chotqol tog‘ o‘rmon meliorativ tajriba stansiyasida 1941 yil tog‘
yonbag‘ri kuchli eroziyalangan qiyaliklarida zinapoyalar tayyorlanib, ularning
asosiga mevali daraxtlar ekilib, bog‘lar barpo qilingan. Bu zinapoyalar oraliqlarida
yoqqan yog‘in oqimi tuproqqa yaxshi shimilib tabiiy o‘tlarning va mevali
daraxtlarning o‘sishi hamda rivojlanishi uchun sharoit yaxshilangan. Olib borilgan
kuzatuvlari (X.Maxsudov, G.Mirhaydarova, T.Shamsiddinov, 2002, 2003) shuni
ko‘rsatdiki, terrasalarga ekilgan daraxtlar va tabiiy o‘simliklar yaxshilangan ularning
ta’sirida kuchli eroziyalangan tuproq xossa-xususiyatlari yaxshlangan, unumdorligi
bir muncha tiklangan va bu yerlarda eroziya jaraenlari sustlashib atrof muhit
ekologiyasi yaxshilangan.
Mintaqada o‘rmon qo‘ng‘ir tog‘ tuproqlari ham o‘rin egallangan. Bu xil tuproq
dengiz sathidan 1350-2300 m balandlikda joylashgan. Yog‘in-sochin miqdori 700-
900 mm ni tashkil etadi. Shuning uchun yer bag‘rida o‘rmonlar juda yaxshi
rivojlangan. Mevalardan yong‘oq, olma, tog‘ olcha o‘sadi. Butalardan na’matak,
do‘lana kabilar ko‘p. Tuproqning morfologik ko‘rsatkichlari yaxshi ifodalangan.
Yuqori gumusli qatlami to‘q qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, yong‘oqsimon strukturali va
o‘rtacha qumoq mexanik tarkiblidir. Pastki qatlamlarining rangi bir oz qo‘ng‘ir
bo‘lib, mexanik tarkibi og‘irlashib, karbonatlar birmuncha chuqurroq qatlamga
yuvilib tushgan. O‘rmon qo‘ng‘ir tog‘ tuproqlar gumusga ancha boy, yuqori
qatlamlarida 8-10 foizini tashkil etadi, neytral reaksiyaga ega bo‘lib, singdirish
sig‘imi juda katta (100 g tuproqda 26-60 mg-ekv). Tuproqlarda suvga chidamli
strukturani mavjudligi, yuqori nam o‘tkazuvchanligi hamda katta nam sig‘imiga ega
bo‘lish tuproqlarning fizik xossalari yuqori tabiiy strukturalikka ega ekanligidan
dalolat beradi. Biroq tuproqlardan noto‘g‘ri foydalanish, haydash, bir yerda molni
yaylovlatib boqish, qiymatli o‘rmon daraxtlari, yong‘oqlarni rejasiz kesish natijasida
tuproqlar eroziyaga chalinib, unumdorligi pasaymoqda. Tog‘ o‘rmonchiligi
83

