Page 79 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 79

Och  tusli  bo‘z  tuproqlar.  Qadimgi  allyuvial  tekisliklar,  tog‘  osti
            tekisliklarning  janubiy  tog‘  qoyalari  bo‘ylab  past  tog‘  oldi  qiyaliklariga  qadar
            ko‘tarilib boradi. Och tusli bo‘z tuproq dengiz sathidan 200-250 m balandlikdan to
            300-500 m balandlikka qadar yerlarda paydo bo‘lib, cho‘l zonasidan tog‘                zonasiga
            o‘tishidagi  birinchi  pog‘ona  hisoblanadi.  Och  tusli  bo‘z  tuproqlar  Mirzacho‘lda,
            hamda Qashqadaryo, Surxondaryodagi lyoss va lyossimon qumoqli jinslarda, g‘arbiy
            Farg‘ona  adirlarida,  Nurota,  Zarafshon  tog‘  etaklaridagi  xryashchli,  chag‘irtosh-
            mayda zarrali keltirimalarda paydo bo‘lgan.
                   Och  tusli  bo‘z  tuproqlarda  chim  hosil  qiluvchi  efemer  va  efemeroid  o‘tlar,
            qisman  shuvoqlar  o‘sadi.  Bu  tuproqni  tipik  va  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlardan  asosiy
            farqi ham shunda, bu tipcha mintaqasida yog‘in – miqdori oz (170-200mm) bo‘lgani
            uchun tuproqlar bag‘ridagi suvda eruvchi zararli tuzlar yaxshi yuvilmagan.
                   Och  tusli  bo‘z  tuproqlarda  gumusning  kamligiga  (0,7-1,0  foizgacha)  sabab,
            uning  morfologik  tuzilishidagi  genetik  qatlamlarning  uncha-yaxshi  ajralmasligi  va
            umuman barcha qatlamlar yaxshi ifodalanmaganligi, hasharotlar, turli jonvorlarning
            inlari ko‘p bo‘lishi bilan o‘ziga xosdir. Tuproqda azot 0,06-0,10 foiz umumiy fosfor
            0,10-0,15  foiz,  gumusli  qatlamlarning  (A+V 1+V 2)  qalinligi  40-60  sm,  CO 2
            karbonatlarning miqdori  A qatlamida 7-8 foiz pastki qatlamlarida 9-10 foiz va unda
            ham  ko‘proq.  Tuproqning  unchalik  chuqur  bo‘lmagan  qatlamlarida  suvda  eruvchi
            tuzlar mavjudligi va sizot suvining oqimi juda sust bo‘lganidan noto‘g‘ri sug‘orish
            oqibatida Mirzacho‘l, Farg‘ona, Qarshi cho‘li va Surxondaryo vohasidagi ko‘pgina
            maydondagi och tusli bo‘z tuproqlar ikkilamchi har xil darajada sho‘rlangan. Tog‘
            osti tekisliklaridagi qiyalik va adirli yerlar noto‘g‘ri o‘zlashtirish, sug‘orish natijasida
            irrigatsiya  eroziyasiga  uchragan.  Ko‘p  maydonlarda  jarliklar              paydo  bo‘lgan.
            Ma’lumotlarga  ko‘ra,  och  tusli  bo‘z  tuproqning  umumiy  maydonidan                20  foizi
            sug‘orish eroziyasiga uchragan.

                   Tipik  bo‘z  tuproqlar.  Tipik  bo‘z  tuproqlar  dengiz  sathidan  300-500  m
            qurg‘oqchilik zonalarda 700-800 m balandlikgacha bo‘lgan tog‘ osti tekisliklarining
            yuqori  qismi,  tog‘  oldi  tekisliklarining  qir-adirlari,  past  tog‘larning  ancha  baland
            qismidagi  maydonlarda  paydo  bo‘ladi.  Bu  tuproqlar  tarqalgan  mintaqalarda  iqlim
            biroz yumshoq va seryog‘in bo‘ladi. Yillik o‘rtacha yog‘in 300-500 mm ni tashkil
            etadi.  Yog‘in  asosan  qish  va  bahor  oylarida  yog‘adi.  Unda  asosan  och  tusli  bo‘z
            tuproq hududiga xos o‘sadigan efemer o‘simliklar guruhlari o‘sadi, shuvoq o‘rniga
            oqquray  singari  qurg‘oqchilikka  chidamli  kserofit  ko‘p  yillik  o‘simliklar  keng
            tarqalgan. Yog‘in-sochin suvlari tuproqning 1,5 m gacha bo‘lgan qatlamini namlaydi.
            Morfologik  tuzilishi,  genetik  qatlamlari  yaxshi  bo‘lingan.  Gumusli  qatlami
            birmuncha qo‘ng‘ir rangli tusda va karbonat qatlamlari birmuncha chuqur joylashgan.
            Tipik  bo‘z  tuproqlarning  yuqorigi  qatlamlarida  chuvalchanglar  va  har  xil
            qo‘ng‘izlarning faol harakati natijasida g‘ovakli qatlamlar yaxshi ifodalangan. Gumus
            miqdori yuqori qatlamlarida 1,5-2,0 foizni tashkil etadi. Eroziyaga uchragan lalmi va
            sug‘oriladigan tipik bo‘z  tuproqlarning  yuqori qatlamlarida gumus  o‘rtacha 0,7-1,0
            foiz, eroziyalanmagan tuproqning gumusli A+V 1+V 2  qatlamining qalinligi 50-60 sm
            bo‘lsa,  eroziyaga  uchragan  tuproqlarning  esa  30-50  sm  ni  tashkil  etadi.  SO 2
            karbonatning miqdori och tusli bo‘z tuproqlarga qaraganda yuqori qatlamlarida biroz
            kamroq bo‘lsa-da,  lekin o‘rta va ostki qatlamlarida uning miqdori 9-12 foizga yetadi.
                                                            79
   74   75   76   77   78   79   80   81   82   83   84