Page 78 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 78

eroziyasiga  uchramaydi,  aksariyat,  bu  tuproqlar  ko‘proq  sho‘rlanishini  oldini  olish
            meliorativ ishlarni takomillashtirishni talab qiladi.
                   Pasttekislik va daryo vohalari gidromorf tuprog‘i va sho‘rxoklar. Qishloq
            xo‘jaligida bu tuproqlardan 30-50 yil davomida noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yer
            osti  suvlari  ko‘tarilgan,  natijada  sho‘rlanishga  uchragan,  doimo  namlanib  turadi.
            Mexanik tarkibi yengil bo‘lgan sho‘rxokli tuproqlar deflyatsiyaga chalinadi. Bunday
            mintaqalarda meliorativ ishlar bilan birga shamol eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari
            olib borish tavsiya etiladi.
                   Tog‘  etagi  prolyuvial  tekisliklari  va  tog‘  oldi  tuproqlari.  Tog‘
            tuproqlarining  birinchi  pog‘onasi  hisoblanib,  bunga  tog‘  oldi  va  tog‘  osti  baland
            tekisliklari kiradi. Murakkab rel’efli, ko‘pchilik qismi less, lessimon, shag‘alli soz,
            chag‘ir  toshli  va  shag‘alli  prolyuvial  va  delyuvial  yotqiziqlar  bilan  qoplangan.
            Tog‘larga  yaqinlashgan  sari  tog‘  oldi  qiyaliklarning  nishabligi  ortib  boradi  va
            tekisliklar  o‘rnida  daryo  vodiylari,  jarlar  bilan  bo‘linib  ketgan  o‘r-qirli  yerlar
            boshlanadi.  Bu  hududlarda  yog‘in-sochin  200-600  mm,  sernam  bahorgi  biologik
            aktiv davr 50-100 kun, chim hosil qiluvchi efemer o‘simliklar keng tarqalgan. Ayni
            yerlarda lalmikor dexqonchilik va sun’iy sug‘orish ishlarini olib borish imkoniyatlari
            bor.
                   Bo‘z  tuproqlar  cho‘l  zonasiga  tutashgan  dengiz  sathidan  150-200  m  dan
            boshlab,  tog‘  bag‘ri  900-1000  m  balandlikgacha  bo‘lgan  yerlarda  tarqalgan.  Bo‘z
            tuproqlarni tabiiy sharoiti bir xil emas. Bo‘z tuproqlar och tusli, tipik va to‘q tusli
            bo‘z tuproqlarga bo‘linadi. Daryo vohalarida paydo bo‘lgan o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi va
            bo‘z  tuproqlar  ham  bor.  Ularning  tarqalishi  hamma  joyda  bir  xil  emas.  Yuqori  va
            quyi chegaralari tabiiy sharoitlarga birinchi navbatda iqlimga, tog‘larning joylashishi,
            hududlarning  dengiz  sathidan  balandlikda  turishiga  bog‘liq.  Toshkent  viloyati
            atrofida uning quyi chegarasi dengiz sathidan 250-300 m, Zarafshon vodiysida 350-

            400 m, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 400-450-500 m, G‘arbiy Farg‘onada
            500-550 m balanlikdan o‘tadi.
                   Bo‘z    tuproq hududining iqlimi kontinental, quruq va issiq bo‘lib, qishi ancha
                                                                            0
            yumshoq va iliq. Yanvar oyi o‘rtacha harorati +2 dan -5  S gacha, lekin ayrim yillari
                                                                                           0
                                    0
            sovuq kunlar -15 -18  S gacha tushadi. Yozi issiq, iyulda 26 dan 30  S gacha, lekin
                                                                      0
                                                                                                          0
            2006 yili bu ko‘rsatkich hamma viloyatlarda 35-41  S dan ortiq jazirama bo‘ldi. 10  S
            yuqori  samarali  harorat  3400-4000   va       undan  ko‘pligi  bilan  belgilangan.  Yog‘in-
                                                     0
            sochinlar miqdori yuqorida ko‘rsatilgandek, joyning mutloq balandligiga qarab 250-
            600 mm ni tashkil       etadi. Cho‘l    yaqinidagi tog‘ oldi tekisliklarida (och tusli bo‘z
            tuproqlar)  yog‘inlar  miqdori  100-250  mm,  tog‘li  nohiyaarga  yaqin  joylashgan  to‘q
            tusli  bo‘z  tuproqlar  mintaqasida  yog‘in  450-600  mm  ni  tashkil  etadi.  O‘simliklar
            dunyosi  ham  joyning  balandligiga  qarab  o‘zgarib  boradi.  Hududning  quyi  qismida
            boychechak,  qizg‘aldoq,  yovvoyi  arpa  va  boshqa  o‘simliklar  o‘sadi,  o‘rta  va
            balandroq  qismida  efemerlardan  qo‘ng‘irbosh,  yaltirbosh,  qizg‘aldoq,  oq  quray
            o‘sadi.    Yuqori  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlar  tarqalgan  yerlarda  bug‘doyiq,  tak-tak,
            efemerlardan  yaltirbosh,  qizg‘aldoq  va  shu  mintaqaga  xos  eremurus-sirach  o‘sadi.
            Tog‘  oralig‘idagi  soy  joylarda  chakalakzorlar,  na’matak,    jiyda,  har  yerda  siyrak
            holda tol, teraklar uchraydi. Bo‘z tuproqlar tuproq-iqlim sharoitiga qarab och tusli,
            tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlarga ajratiladi.
                                                            78
   73   74   75   76   77   78   79   80   81   82   83