Page 74 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 74
tuproqlar tarqalgan bo‘lsa, qiyaligi 3-5 gradusli yonbag‘irlarda o‘rtacha
eroziyalangan, 5-7-10 gradusdan ham tik qiyaliklarda, asosan kuchli yemirilgan bo‘z
tuproqlar uchraydi.
Relef yer yuzasidagi suv va havodan tushadigan yog‘in-sochinlarning
taqsimlanishiga, qiyalik bo‘yicha oqimlarning tezligiga, tuproq va zaminning
yemirilishi (yuvilishi) jadalligiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada,
O‘zbekistonning relefi juda xilma-xil bo‘lib, asosan, sharqdan va janubiy sharqdan
g‘arbga va shimoliy g‘arbga tomon asta-sekin pasayib boradi.
Yonbag‘irlarning qiyalik darajasiga qarab tuproq erozilanishi gektariga quyida
keltirilgan ko‘rsatkichlar miqdorida bo‘lishi mumkin:
0
0
1 -3 gacha bo‘lgan qiyalikda -10-15 t/ga,
0
0
3 -5 da - 15-25 t/ga,
0
0
5 -7 da - 25-35 t/ga,
0
0
7 -10 atrofida bo‘lganida - 35-50 t/ga va undan ko‘p tuproq yuvilishi mumkin.
Geologik-geomorfologik shart sharoitlar. O‘zbekiston hududi geologik –
geomorfologik jihatdan Turon pasttekisligi, Ustyurt platosi va tog‘ oldi
pasttekisliklar, adirlar, baland tog‘ Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizmalarini o‘z ichiga
oladi. Bu maydonlarning ko‘p qismini Chotqol, Qurama, Turkiston, Zarafshon va
Hissor tog‘ tizmalari va tog‘ oldi mintaqalari, ulardan keyin adirlar, lyossli tekisliklar,
daryo vohalari qamrab olgan. Tog‘li mintaqalarda o‘ziga xos balandliklarning
murakkab rel’efi eroziya bazisining chuqurligi, tik qiyaliklar, chuqur soylar bilan
xarakterlidir (Maxsudov, 1989, Tursunov va b., 2009).
O‘zbekiston quyidagi litologik-geomorfologik rayonlarga ajratiladi:
Baland tog‘li mintaqalar (Chotqol, Qurama, Turkiston, Xissor tog‘lari).
O‘rtacha balandlikdagi tog‘ mintaqalari.
Past tog‘ va tog‘ oldi mintaqalari, bu yerlarda asosan to‘rtlamchi davr
yotqiziqlari, qiyalik yonbag‘irlarda chag‘irtoshli mayda zarrachali prolyuvial-
delyuvialli yotqiziqlar bilan qoplangan.
O‘r-qirli tog‘ oldi mintaqasi, rel’efi baland-past yonbag‘irli qiyaliklardan
iborat. Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar asosan lyoss va lyossimon yotqiziqlar
hamda skeletli mayda zarrachali prolyuviydan iborat.
Tog‘ oldi pasttekisliklari, daryolarning yuqori terrasalari, rel’efi baland-
past qiyaliklardan iborat bo‘lib, lyossimon va skeletli-mayda zarrachali prolyuviy
bilan qoplangan.
Tog‘ etagi tekisliklari, daryolarning yuqori terrasalari baland-past rel’efli
bo‘lib, lyossimon yotqiziqlar bilan qoplangan, qolgan hududlar tekis rel’efli bo‘lib
har xil yoshdagi geologik tog‘ jinslaridan tashkil topgan. Bularning ichida qadimiy
uchlamchi davr “neogen” yotqiziqlari bilan qoplangan jinslar uchraydi.
Ushbu rayonlar yerlarining geologik-geomorfologik tuzilishi jihatidan rel’efi
murakkab to‘lqinsimon baland-past yonbag‘irlardan iborat bo‘lib, eroziya jarayonlari
rivojiga yordamlashadi, chunki lyoss va lyossimon yotqiziqlar eroziyaga oson
beriladi, yemirilib jarliklar hosil qiladi. Qumoqli, qadimiy uchlamchi davr
74

