Page 70 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 70
mualliflarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bug‘doy hosildorligini kamayishi bilan
bir qatorda 1000 dona urug‘ massasi ham pasayadi.
Deressa Aberra (1991) ilmiy izlanishlarida kuzgi bug‘doy hosildorligi bo‘yicha
quyidagicha analogik qonuniyatni kuzatish mumkin: eroziyalanmagan va eroziya
natijasida «yig‘ilib to‘plangan» tuproqlarda hosildorlik 15,7-18,3 s/ga bo‘lsa, o‘rtacha
va kuchli eroziyalangan yerlarda 10,3-7,2 s/gani tashkil etadi. Shu sababli tuproq
eroziyasiga qarshi kurash lalmi dehqonchilikning asosiy muammolaridan biridir.
Eroziya hosil miqdorigagina emas, balki tolaning sifatiga ham ta’sir qildi.
Tuproq yuvib ketilishining ta’siri ostida bitta ko‘sakning massasi kamaydi, yuvilib
to‘plangan tuproqdagi ko‘sak massasi esa oshdi. Tolaning pishiqligi ham xuddi
shunday nisbatlarda o‘zgardi. Yuvib ketilgan tuproqda tolaning chiqishi ham past
darajada bo‘ldi. Eroziya ta’siri ostida chigitning holati keskin o‘zgarishini qayd etib
o‘tish muhimdir. 1000 dona chigit massasi yuvilgan tuproqlarda eng kam,
yuvilmagan va yuvilib to‘plangan tuproqlarda esa eng ko‘p bo‘lgan. Degradatsiyaga
uchragan yuvilgan tuproqlarda yetishtirilgan paxtaning chigiti ekish uchun yaroqli
emas. Irrigatsiya eroziyasi tuproq unumdorligiga o‘rnini to‘ldirish qiyin bo‘lgan
ziyon yetkazibgina qolmay, hosildorlikni pasaytirib yuboradi, bundan tashqari paxta
tolasining sifatini yomonlashtiradi hamda o‘simliklarni nasliga ham salbiy ta’sir
qilib, navning ko‘rsatkichlarini buzilishiga olib keladi. Umuman olganda, eroziya
jarayoni hamma ekinlarga, jumladan, g‘alla, ozuqabop, mevali, sabzavot, poliz
ekinlariga va boshqalarga salbiy ta’sir yetkazadi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1mm tuproq qatlamini qayta tiklash uchun o‘simlik
qoplami yaxshi bo‘lgan taqdirda 100-200 yildan 1000 yil va undan ham ko‘proq vaqt
talab etilishi ma’lum, ya’ni keyingi 70-100 yillar mobaynida yerdan noto‘g‘ri
foydalanishi oqibatida keyingi kamida 1000 yillar va hatto 10000 yillar mobaynida
tabiat kuchlari bajargan ishlarning natijalari yo‘qqa chiqarilishi mumkin. Shu bois,
tuproqni eroziya jarayonlaridan muhofaza qilish hozirgi kunning g‘oyat o‘tkir
jahonshumul muammosidir.
§6.3. Tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillar va ularga qarshi kurash
chora tadbirlari
Eroziya jarayonlari ro‘y berishi natijasida yerlarni degradatsiyalanish
muammolari nafaqat O‘zbekistonda, balki chet mamlakatlarda ham dolzarbdir.
Ma’lum bir mintaqaning tuproq hosil bo‘lish jarayonining o‘ziga xos regional
xususiyatlarini hisobga olmagan holda yerlardan oqilona foydalanmaslik, o‘rmonlarni
yo‘q qilinishi, chorva mollarini tartibsiz boqilishi oqibatida tabiiy tuproq qoplamining
o‘zgarishiga, tuproq unumdorligini pasayishiga, qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining
kamayishi va ular sifatini pasayishiga olib keluvchi eroziya jarayonlarini yanada
kuchaytiradi. Shunday ekan, eroziyalangan tuproqlar unumdorligini saqlash, oshirish
va muhofaza qilish masalalari, shuningdek respublikamizning turli tabiiy-ekologik
mintaqalaridagi yer resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish hozirgi kunning
muhim masalalaridan hisoblanadi (Maxsudov, Djalilova, 2006).
70

