Page 68 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 68

ko‘prog‘i  yo‘qotiladi.  Tuproqda  sodir  bo‘ladigan  biologik,  biokimyoviy
            jarayonlarning intensivligi asosan quyosh energiyasining zaxiralari va u sochayotgan
            nur  ko‘rinishining  o‘zgarishlari  bilan  bog‘liq  ekanligini  e’tiborga  olganda  eroziya
            tomonidan  ekosistemaga  yetkaziladigan  zarar  miqyoslarini  tasavvur  etish  mumkin
            (Gafurova, 1995, 2001).
                   Suv eroziyasidan yo‘q bo‘layotgan azot va fosfor miqdorini ularning ekinlarga
            solinayotgan mineral o‘g‘itlar tarkibidagi miqdori bilan taqqoslaydigan  bo‘lsak, suv
            eroziyasiga uchragan maydonda har yili solinayotgan azotning 50-70 % va fosforning
            20-50  %  ko‘p  yuvilib  ketayotgani  ma’lum  bo‘ladi,  bu  esa  ekinlar  hosildorligiga
            salbiy ta’sir qilishi shubhasizdir.
                   L.A.Gafurova,  N.B.Raupovaning  ishlarida  (2004)  uchlamchi  davr  qizg‘ish
            yotqiziqlarda  shakllangan  tipik  bo‘z  tuproqlarda  tuproq  hosil  bo‘lish  jarayonida
            hamda  tuproq  unumdorligida  gumusning  muhim  ahamiyatini  o‘rganilgan.
            Uchlamchi-neogen  yotqiziqlarda  shakllangan  tuproqlarning  eroziya  holatiga
            uchrashini  hisobga  olgan  holda,  ekologik  sharoitlarini  tahlil  qilib,  genetik
            xususiyatlarini aniqladi; gumus miqdori, zahiralari, tuproqdagi gumus moddalarining
            tarkibi  va  ularning  eroziya  jarayonida  o‘zgarishi,  tuproqlar  gumusining  guruhiy  va
            fraksiyali tarkibi, ba’zi bir fizik-kimyoviy xossalari va gumus holatlari, eroziyalanish
            darajasi va qiyalik ekspozitsiyasiga bog‘liq ravishda aniqlangan.
                   M.Faxrutdinova  (1998)  tomonidan  Turkiston  tog‘  tizmasining  shimoliy  yon
            bag‘rida  “Xalq  bog‘i”  tuproqlari  misolida  eroziyaga  uchragan  tog‘  tuproqlarini
            relefning  turli  elementlarida  hamda  o‘simlik  qoplami  ostida  gumus  hosil  bo‘lish
            jarayonining  qonuniyatlari  o‘rganilgan  va  tog‘  mintaqasi  tuproq  tiplarining  gumus
            tarkibi bo‘yicha kompleks tavsif berilgan.
                   N.I.Shadieva  (2010)  tomonidan  olib  borilgan  tadqiqot  natijalaridan  ma’lum
            bo‘lishicha,  Sangzor  havzasida  tarqalgan  eroziyalangan  qo‘riq,  lalmi  va

            sug‘oriladigan  tuproqlarini  gumus  tarkibi  eroziyalanmagan  shunday  tuproqlarga
            nisbatan  yomonligi  kuzatildi.  Ya’ni  ularning  gumusi  tarkibida  kam  barqaror
            fulvokislotalari  miqdori  turg‘un  bo‘lgan  yuqori  molekulyar  gumin  kislotalaridan
            ustunligi  aniqlandi.  Eroziyalanmagan  va  eroziya  natijasida  «yig‘ilib  to‘plangan»
            tuproqlarda  esa,  gumus  tarkibidagi  gumin  kislotalarining  ustunlik  qilishi  kuzatildi.
            Ma’lumki,  gumin  kislotalari  azotga  boy,  kalsiy  bilan  to‘yingan,  suvga  chidamli
            agregatlarni  hosil  bo‘lishiga  sabab  bo‘ladi.  Shuningdek,  gumusning  labil  holdagi
            shakli  ham  eroziyalanmagan  tuproqlarda  yuqoriligi  aniqlandi.  Bu  shakldagi  gumus
            moddalari  tuproq  unumdorligini  muhim  ko‘rsatkichi  bo‘lib,  o‘simliklar  o‘sishi  va
            rivojlanishida  ahamiyati  katta.  Tadqiq  etilgan  tuproqlarning  gumusini  guruhiy  va
            fraksiyaviy tarkibiga ko‘ra, eroziyaga uchragan qiyalik tuproqlarida organik modda
            tarkibidagi gumin kislota miqdori tuproqni yuqori qatlamlaridan pastki qatlamlariga
            tomon kamayib boradi. Fulvokislotalari aksincha, yuqoridan quyiga tomon ortadi. Bu
            esa,  eroziya  ta’sirida  tuproq  gumusining  turg‘un  shakli-gumin  kislotalari  barqaror
            bo‘lmagan  fulvokislotalariga  nisbatan  kamayishi  va  ularning  gumusli  holatini
            yomonlashuvini ko‘rsatadi.
                   S.M.Mirxoshimov (1963) O‘zbekistonda birinchi bor tuproq eroziyasiga qarshi
            kurashda  ko‘p  yillik  o‘tlarni  ahamiyatini  ko‘rsatdi.  Eroziyani  katta-kichikligi
            yonbag‘irlar  o‘simlik  qoplamini  holatiga  bog‘liq.  Qiyalik  yerlarni  haydash,  tuproq
                                                            68
   63   64   65   66   67   68   69   70   71   72   73