Page 69 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 69

eroziyasini  kuchaytiradi,  ko‘p  yillik  o‘tlar  ekish  esa  qiyaliklarda  suv  oqimini  va
            tuproq yuvilishini 8-10 barobar susaytiradi (Tashpulatov, 1969).
                   A.A.Adilov (1990) Jizzax viloyatini Baxmal tumanida eroziyalangan to‘q tusli
            bo‘z tuproqlar ustida izlanishlar olib borgan va bu yerni tuproqlari har xil darajada
            eroziyalanganligini  aniqlagan.  U  izlanishlarida  ko‘p  yillik  o‘tlar  va  ularni
            aralashmasini  (beda,  esparset,  yeja  sbornaya)  ekish  eroziyalangan  tuproqlar
            unumdorligini va ulardan eroziyaga qarshi chidamliligini oshishiga imkon yaratishini
            isbotlab  berdi  va  bu  tuproq  eroziyasiga  qarshi  kurashishda  ilmiy  asos  bo‘lib
            hisoblanadi.
                   X.M.Maxsudov  ma’lumotlariga  asosan,  tuproqning  yuvilishi,  suv  oqimining
            tezligi,  qiyalikning  qavariq  va  qavariq  botiq  maydonlarida  faollashadi,  qiyalik
            darajasini  3,5  gradusdan  5  gradusgacha  va  qiyalik  uzunligini  30  metrdan  80
            mertgacha oshishida suvni loyqalanishi 3,5 barobar ko‘payadi, qiyalik darajasi yana
            1,5  gradusga  va  uzunlik  40  metrga  oshganda  loyqalanishi  1,5  barobar  ko‘payadi
            (1989).
                   Shuningdek, X.M.Maxsudov (1998, 2003) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar
            natijalariga ko‘ra, eroziyalanmagan to‘q tusli bo‘z tuproqlarning yuqori qatlamlarida
            gumus  2,3  %,  N  0,15-0,18  %  tuproq  kesmasining  pastki  qatlamlarida  bu

            ko‘rsatkichlar  kamayib  borgan.  Gumusli  qatlam  A+V+V 2  qalinligi  70-90  sm
            mexanik  tarkibi  og‘ir  va  o‘rta  qumoqdir.  Karbonatlar  30  smdan  soxta  mitseliylar
            ko‘rinishida  65  smdan  esa  ohak  zarrachalari  ko‘rinishida  namoyon  bo‘ladi.  Kam
            eroziyalangan  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlar  yuqori  qatlamlari  1  %  dan  ko‘p  bo‘lmagan
            (yuqori  qatlamlari  0,1  %)  gumus  miqdoriga  ega.  Gumusli  qatlam  qalinligi  esa 30-
            40sm,  tuproqni  yuqori  qatlamlari  karbonat  hosilalari  bilan  qoplangan.  Uningcha
            eroziya natijasida «yig‘ilib to‘plangan» tuproqlar gumus miqdorini ko‘payganligi va
            gumusli qatlamni qalinligini 100 smga oshganligi azotga boy va karbonatlar miqdori
            60-80sm va undan chuqurroqda kuzatiladi.
                   Eroziyaning  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  hosildorligiga  ta’siri  g‘oyat  kattadir.
            X.Maxsudovning  ko‘p  yillik  tadqiqotlarida  yuvilgan  tuproqlarda  g‘o‘za  o‘simligi
            bosh poyasining balandligi yuvilmagan tuproqlardagiga nisbatan past bo‘lishi, yuvib
            to‘plangan  tuproqlarda  esa  bo‘yi  yana  ham  baland  bo‘lishi  kuzatilgan.  Yuvilgan
            tuproqlarda gul, g‘uncha va ko‘saklar soni eng kam, hosil nishonalarining to‘kilishi
            esa eng ko‘pni tashkil etdi. Paxta hosildorligi ham mana shu xususiyatlarga muvofiq
            shakllanadi.
                   Eroziya  natijasida  o‘simliklarni  oziqa  rejimi,  tuproqni  fizik  xossalari
            yomonlashadi, tuproqda nam zahiralari kamayadi. Shuningdek kuchli eroziyalangan
            tuproqlar  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  1  gr.  quruq  hosilini  olish  uchun
            eroziyalanmagan tuproqlarga nisbatan ko‘p nam sarf qiladi, nam to‘plash qobiliyati
            esa, eroziyalanmagan tuproqlardagiga nisbatan kam (Gussak, 1959).
                   Eroziyalangan  tuproqlarda  hosil  pasayishini  ana  shunday  qonuniyati
            Q.U.Usmonov,  A.A.Adilov,  M.Yunusov,  X..X.Yusupov  va  S.S.Rustamovni  Jizzax
            viloyatining  bo‘z  tuproqlarida  hamda  X.M.Maxsudov,  Derressa  Aberra,
            G.Mirxaydarova,  G.Nabieva,  G.Djalilova,  T.Shamsitdinovlarni  Chotqol  tog‘  oldi
            tuproqlarida olib borgan tajribalarida ham shu qonuniyatlar tasdiqlandi. Yuqoridagi


                                                            69
   64   65   66   67   68   69   70   71   72   73   74