Page 72 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 72

Tog‘  va  yaylov  mintaqalarining  iqlimi  ham  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega.
            Ma’lumki, dengiz sathidan yuqorilashgan sari yog‘in miqdori ham ko‘paya boradi,
            harorat esa pasayadi va umumiy bug‘lanish kamayadi. Shuning uchun, baland tog‘
            cho‘qqilarida yoz oylarida ham erib ulgurmaydigan qorlar va muzliklarni ko‘ramiz.
                   O‘zbekiston  iqlimi  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega,  chunki  u  okean  va  katta
            dengizlardan  juda  uzoqda  joylashganligi  sababli  tipik  kontinental  iqlimli  o‘lkalar
            qatoriga  kiradi.  Serquyosh  jazirama  yoz,  sovuqroq  qish,  sutka  va  yil  davomida
            haroratning  keskin  o‘zgarib  turishi,  yog‘inning  kamligi  va  havoning  quruqligi
            O‘zbekiston iqlimining asosiy xususiyatlaridandir. Albatta, bu xususiyatlar cho‘l va
            adir mintaqalarida (tog‘ oldi, tog‘ osti) tog‘ mintaqalariga nisbatan yanada yaqqolroq
            namoyon bo‘ladi.
                   Suv  eroziyasiga  bevosita  ta’sir  etadigan  tabiiy  holatlardan  eng  muhimi
            atmosfera yog‘in-sochinlaridir. Yog‘in-sochin yer yuzasida suv oqimi hosil qiladi va
            tuproq  yuvilishini  keltirib  chiqaradi.   Ustki  oqim  tuproqning  suv  singdiruvchanligi
            yetarlicha  bo‘lmagan  tuproqlarda  kuchli  yomg‘irlar  va  qor  erishi  davrida
            yonbag‘irlarda  paydo  bo‘ladi.  Havodan  tushgan  yog‘in  suvining  yillik  miqdori
            eroziyaning  faqat  ma’lum  qadar  xavfi  borligini  aks  ettiradi.  Yog‘in-sochinning  yil
            mavsumlari  bo‘yicha  taqsimlanishi,  yomg‘ir  tomchisining  yirik  va  mayda  bo‘lishi
            ko‘proq ahamiyatga ega. Negaki, eroziya jarayonlarining namoyon bo‘lish ehtimoli
            shunga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘in-sochinning miqdori va xususiyati, qor to‘planishi va
                    qor  erishi,  tuproqning  harorat  va  suv  maromi  kabilar  suv  eroziyasi
            jarayonlarining jadallashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
                   Iqlimning  tik  zonalliligiga  xos  ko‘rsatib  o‘tilgan  xususiyatlar  hisobga  olinib,
            lalmikor  dexqonchilikning  rayonlashtirish  sxemalari  ishlab  chiqilgan.  Ulardan
            birinchi,  eng  takomillashganini  donchilik  ilmiy-tadqiqot  instituti  xodimi
            G.A.Lavronov taklif qilgan. Bu sxemada 3 ta vertikal mintaqa ajratilgan, bunda lalmi

            ekinlarni o‘sish va rivojlanishi uchun namlikni, ya’ni atmosferadan tushadigan yog‘in
            miqdori  e’tiborga  olingan:  yog‘ingarchilik  yetmaydigan  (och  tusli  bo‘z  tuproqlar
            poyasi) yog‘ingarchilik yarim yetarli (tipik bo‘z tuproqlar) va yog‘ingarchilik yetarlik
            yerlarga  ajratgan  (to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlar  va  kam  ishqorsizlangan  jigarrang
            tuproqlar).
                   O‘zbekistonning tog‘ oldi iqlimini I.P.Gerasimov (1948) taklifi bo‘yicha arid
            iqlim deb atash qabul qilingan. Atmosfera yog‘inlari nisbatan uncha ko‘p bo‘lmagani
            holda havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgaruvchanligi kattaligi bu iqlimga xos
            xususiyatidir.
                   O‘zbekiston iqlimi uchun qishki vegetatsiya davrining mavjudligi xos bo‘lib,
            bu  kuzgi  boshoqli  ekinlar  uchun  juda  muhim.  Lalmi  yerlarda  yillik  harorat  va
            yog‘inlar maromning o‘zgarishlari majmui vegetatsiyaning ikki keskin farq qiluvchi
            davrlarini  yuzaga  keltiradi.  Bular:  bahorgi  –  mezotermik  (nam,  salqin)  va  yozgi  –
            kserotermik (quruq, issiq) davrlar.
                   Lalmi yerlarning xususiyatlaridan biri, bu ─ tuproq-iqlim sharoitlarining juda
            xilma  –  xilligidir.  Kenglik kesimida  talay  farqlar  mavjudligi  sababli  A.Z.Genusov,
            B.Gorbunov  va  N.Kimberg,  L.N.Babushkin  O‘zbekiston  lalmi  yerlarini  quyidagi
            tuproq-iqlim  okruglariga  bo‘lganlar:  Chirchiq-Angren,  Zarafshon,  Qashqadaryo,
            Surxondaryo okruglari va hokazo.
                                                            72
   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76   77