Page 75 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 75

yotqiziqlari  yemirilishga  ancha  chidamli,  qumoqli  yengil  qumoqli  eol  yotqiziqli
            shamol eroziyasiga oson uchraydi. O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida rivojlangan
            adirli maydonlardagi tuproqlarning, ayniqsa 30-50 sm chuqurliklarda joylashgan va
            usti g‘ovak yotqiziqlar qoplagan zich tog‘ jinslari (granit, slanes va qumtoshlar) suv
            eroziyasi jihatidan juda xavfli. Hozirda bu yerlarda noto‘g‘ri sug‘orib dehqonchilik
            qilish oqibatida ko‘pgina maydonlar tashlandiq yerlarga, jarliklarga aylanib, qishloq
            xo‘jalik aylanmasidan chiqib ketmoqda.
                   Shunday  qilib,  geologik-geomorfologik  jihatdan  qayd  etilgan  mintaqalarning
            ko‘pchiligi bo‘linib–bo‘linib ketgan tog‘li va to‘lqinsimon past-balandliklardan iborat
            murakkab  rel’efga  ega.  Bu  rel’eflarda  rivojlangan  tuproqning  va  tuproqosti
            qatlamlarining  eroziyaga  uchrashi  oson  kechadi.  Ayniqsa  daryolarning  yuqori
            terrasalariga  tutashgan  tog‘  oldi  va  to‘lqinsimon  past-baland  rel’efli  tog‘  etagidagi
            adirlar  katta  qiziqish  uyg‘otadi.  Bulardan  tashqari  respublikamiz  hududida  loyli,
            qumoq  lesslar  va  skeletli-mayda  zarrali  yotqiziqlarda  rivojlangan  bo‘z  tuproqlar
            mavjud. Bu yerlar asosan sug‘oriladigan va lalmikor dehqonchilik mintaqalari bo‘lib,
            paxta,  donli  –  boshoqli  va  boshqa  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  o‘stiriladi.  Bundan
            tashqari bu mintaqalarda bog‘dorchilik va uzumchilik ham rivojlangan (Maxsudov,
            2003).
                   Eroziya  jarayonining  rivojlanishida  o‘simlik  qoplamining  roli.  Ma’lumki,
            tuproq paydo bo‘lishida, shuningdek, oziqa-kul elementlarining biologik aylanishida,
            tuproqni organik moddalar bilan ta’minlanishida o‘simliklar asosiy va yo‘naltiruvchi
            omil hisoblanadi.
                   Ayniqsa  tuproq  paydo  bo‘lishida  oliy  o‘simliklarning  roli  kattaligi,  ya’ni
            tuproqning  rivojlanishi  o‘simliklar  formatsiyasi  bilan  bevosita  bog‘liqligini
            ko‘rsatadi.  Bu  borada  akademik  V.R.Vilyams  ta’limotiga  murojaat  qilsak,
            o‘simliklar,  jonivorlar  dunyosining  tuproqqa  ta’sirini  asosan  to‘rtta  o‘simliklar

            formatsiyasiga bo‘lganini aniqlaymiz:
                   1.  O‘rmon-daraxt  formatsiyasi.  Bu  formatsiyada  asosiy  organik  modda
            yaratuvchi  daraxt  o‘simliklari  bo‘lib,  ularning  chirigan  ildizlari  va  qoldiqlarini
            zamburug‘lar va aktinomitsetlar parchalaydi.
                   2. Pichan o‘t o‘simliklari formatsiyasi. Bu formatsiyada asosiy organik modda
            yaratuvchi pichan o‘tlari bo‘lib, ularning qoldiqlarini anaerob bakteriyalar va qisman
            aerob bakteriyalar parchalaydi.
                   3. Dasht o‘tlari formatsiyasi. Bu formatsiyada asosiy organik modda yaratuvchi
            dasht  o‘tlari  bo‘lib,  uning  qoldiqlarini  aerob  bakteriyalar  va  qisman  anaerob
            bakteriyalar parchalaydi.
                   4. Cho‘l sho‘ra o‘tlari va buta o‘simliklari formatsiyasi. Bu formatsiyada asosiy
            organik  modda  yaratuvchi  cho‘l  buta  o‘simliklari  bo‘lib,  uning  qoldiqlarini
            aktinomitsetlar, aerob bakteriyalar va zamburug‘lar parchalaydi.
                   O‘zbekiston  tuproqlarida  akademik  V.R.Vilyams  ko‘rsatgan  mana  shu  to‘rt
            o‘simliklar formatsiyasining hammasi uchraydi va bularning ta’sirida turli xil tuproq
            tiplari va tipchalari hosil bo‘ladi.
                   O‘simliklarning hamma xillari eroziyaga qarshi tura oladigan eng kuchli omil
            hisoblanadi.  O‘simliklarning  ta’sir  ko‘rsatish  darajasi  ularning  xillariga  va
            o‘simliklarning o‘sish sharoitiga bog‘liq: ya’ni o‘simlik qancha yaxshi rivojlansa va
                                                            75
   70   71   72   73   74   75   76   77   78   79   80