Page 77 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 77

Respublikamizning  ko‘pgina  cho‘l  va  tekislik-tog‘  etaklari,  adirli  va  tog‘
            mintaqalaridan iborat mo‘tadil iqlim poyasida joylashgan. Mintaqalar doirasida iqlim
            va tuproq sharoitlaridagi katta farq o‘simliklar qoplamining xususiyati va yerlarning
            o‘zlashtirilishi darajasi bilan bog‘liq.
                   Eroziyaga  moyil  yerlarga  bahorikor  donli  va  chopiqtalab  ekinlar  ekilganda
            tuproq  agregatlari  parchalanadi,  tuproq  haydalma  osti  esa  zichlashadi.  Natijada
            ularning  suv  o‘tkazuvchanligi  yomonlashadi.  Bu  yuza  oqimning  ko‘payishiga  va
            yuvilishining  keskin  oshib  ketishiga  sabab  bo‘ladi.  Bu  ekinlar  o‘stirilganda  tuproq
            o‘simlik  qoplamisiz  yumshoq  g‘ovak  holatda  bo‘ladigan  payt  bahorgi  kuchli  jala
            yomg‘irlar  davriga  to‘g‘ri  keladi.  Shu  sababli  proektiv  qoplam  o‘simliklarning
            tuproqni  himoyalash  xossalarini  belgilovchi  asosiy  ko‘rsatgich  hisoblanadi.  Ko‘p
            yillik  o‘tlar  va  kuzgi  ekinlar  tuproqni  juda  yaxshi  himoya  qiladi.  Shunday  qilib,
            o‘simlik  qoplami  qanchalik  qalin  bo‘lsa  eroziya  va  deflyatsiya  jarayonlarining
            rivojini kamaytiradi, tuproq unumdorligi yaxshilanadi.
                   Tuproq  qoplamining  holati.  Eroziya  va  deflyatsiya  jarayonlarining  borishida
            tuproq sharoitlari, uning asosiy xossalari, nam ushlash darajasi va tuproqning gumusli
            qatlam qalinligi muhim ahamiyatga ega (Maxsudov, Gafurova, 2012).
                   Respublikamiz xududining tabiiy sharoitlari         o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli
            tuproq ham xilma-xildir. Hududimiz tuprog‘ini quyidagi tuproq mintaqalariga ajratish
            mumkin:

                     Cho‘l mintaqasi tuproqlari
                     Pasttekislik va daryo vohalarining gidromorf  tuproqlari va sho‘rxoklar
                     Tog‘ etagi prolyuvial va tog‘ oldi bo‘z tuproqlari
                     O‘rta va past tog‘ tuproqlari
                     Baland tog‘ mintaqasi tuprog‘i.
                   Cho‘l  tuproqlari.  Cho‘lda  vujudga  keladigan  tuproqning  xususiyatiga  juda
            qattiq ta’sir qiluvchi omil uning iqlimidir. Mintaqada yillik yog‘in miqdori 100 mm
                                                          0
                                                                0
            gacha,  o‘rtacha  yillik  temperatura  +15   +18 ,  iyul  oyining  o‘rtacha  temperaturasi
                 0
                                                                                 0
                        0
                                                                            0
            +23   +26 ,  yanvar  oyining  o‘rtacha  temperaturasi          5 -15 ,  bo‘lib,  yog‘in-sochin
            asosan  qish  va  bahor  oylariga  to‘g‘ri  keladi.  Yog‘in  miqdorining  juda  ozligi,
            iqlimning keskin kontinentalligidir. Cho‘l hududi asosan sur tusli qo‘ng‘ir, qumli va
            qumoq, taqir, taqirli va sho‘rxok       tuproqlardan iborat. Boshqa tuproqlardan genetik
            tuproq qatlamlarining unchalik rivojlanmaganligi, qalin bo‘lmasligi, strukturasizligi,
            sho‘rlanganligi,  gumusi  juda  ozligi  (0,2-0,7%),  singdirish sig‘imi  kichikligi  (100 g
            tuproqqa 8-10 mg ekv), singdirish kompleksi esa kalsiy va magniy to‘yinganligi bilan
            farq qiladi. Sur qo‘ng‘ir va taqir tuproqlari sirtidan qalin       qatqoloq bilan qoplangan.
            Qumli va qumloq tuproqlarni mexanik tarkibi yengil qumli bo‘lganligi uchun kuchli
            shamollar ta’sirida uchirilib deflyatsiyaga tez beriladi. Shuning uchun deflyatsiyaga
            qarshi  kurash  choralarini  olib  borish,  ihota  daraxtzor  barpo  etish,  paxta  ekiladigan
            yerlarda baland poyali ekinlar, o‘tlar ekib kulislar barpo etish,  o‘g‘itlar solib tuproqni
            unumdorligini  oshirish  yaxshi  samara  beradi.  Qumli  tuproqlar  Qizilqum,
            Sunduqliqum,  Markaziy  Farg‘ona  va  shunga  o‘xshash  qumli  cho‘llarda  keng
            tarqalgan.  Taqir,  o‘tloqi-takir  va  mexanik  tarkibi  og‘ir    sho‘rxok  tuproqlar  shamol




                                                            77
   72   73   74   75   76   77   78   79   80   81   82