Page 81 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 81
O‘rta baland va past tog‘ mintaqalar tuproqlari. O‘rta baland va past tog‘
mintaqalarining asosiy tuproqlari jigarrang va qo‘ng‘ir tog‘ o‘rmon tuproqlaridir.
Umumiy maydoni – 1662 ming ga. Ayni joylar dengiz sathidan 1200-2300 m
balandlikda joylashgan. Jigarrang tuproq siyraklashgan o‘rmon ostida hosil bo‘lgan.
Gumusli qatlamining rangi qo‘ng‘ir tusli. Mayda kesakdor strukturali, pastki
qatlamlari jigarrangli donador strukturaga ega. Pastki qatlamlarini mexanik tarkibi
og‘ir bo‘lganligi uchun tuproq biroz zich va qattiq. Undagi gumus miqdori
eroziyalanish darajasiga qarab 3-6 foiz atrofida. Tuproqdan dehqonchilikda,
chorvachilik uchun yaylov sifatida noto‘g‘ri fodalanish natijasida eroziyaga
chalingan. Unumdorligi pasayib, ko‘pgina qiyalikdagi jigarrang tuproqlar yaroqsiz
yerlar qatoriga o‘tib qolmoqda. O‘rta tog‘ mintaqasidagi jigarrang tuproq tipchalari
tavsifi:
tog‘ jigarrang karbonatli va kam ishqorsizlangan jigarrang tuproqlar - bu
tuproqlar qisman ochiq, suv ayirg‘ich va unga yaqin qiyalik qismlarida tarqalgan
bo‘lib, tuproq hosil bo‘lish jarayoni ellyuvial kseromorf rejimda kechadi. Bu
yerlarda qiyalik nishabligi, o‘simlik qoplamining siyrakligi, chorva mollarining
to‘xtovsiz boqish natijasida tuproqlar har xil darajada eroziyaga uchragan;
tog‘ jigarrang tipik tuproqlar- bu tuproqlar shimoliy va shimoliy-g‘arbiy
qiyaliklarda tarqalgan bo‘lib, bu yerlarda tuproq hosil bo‘lish jarayoni ellyuvial rejim
bo‘yicha hosil bo‘lgan;
tog‘ jigarrang ishqorsizlangan tuproqlar - bu tuproqlar asosan shimoliy,
qisman shimoliy-sharqiy ekspozitsiyadagi yonbag‘irlarning ancha ravon tekislik
joylarida tarqalgan bo‘lib, o‘simlik qoplami ancha yaxshiroq rivojlangan va tuproq
eroziyadan kam yemirilgan.
Jigarrang tuproqlarning tipchalarga ajratish mezoni birinchidan relef,
ekspozitsiyalar bo‘lsa, ikkinchidan, asosan tuproq profilining karbonatli qismida
ishqorsizlanish qalinligiga bog‘liq, ya’ni tuproqlarda karbonatlar yuvilgan
qatlamining qalinligi asosiy ko‘rsatkich qilib olingan. Shuni ham ta’kidlash lozimki,
jigarrang ishqorsizlangan tuproqlar jigarrang tuproqlar poyasining yuqori qismida
tarqalgan bo‘lib, pastda ular jigarrang tipik tuproqlarga o‘tadi va undan pastroqda
jigarrang karbonatli tuproqlar bilan almashinadi.
O‘zbekistonning tog‘ jigarrang tuproqlarning tuproq paydo qiluvchi ona jinslari
asosan tub jinslarning prolyuviylari, delyuviylari, lyosslar va lyossimon qumoqli,
neogen qizg‘ish gilli jinslaridan iborat bo‘lib faqat tog‘ jigarrang karbonatli
tuproqlarda tuproq hosil qiluvchi ona jins lyossimon qumoq, elyuviy ohaktoshlar va
neogen yotqiziqlardir.
Shunga asosan, jigarrang tuproqlarning mexanik tarkibi ko‘pincha og‘ir,
kamroq o‘rta qumoqlidir. Bu tog‘ tuproqlaridan jigarrang karbonatli tuproqlar kuchli
eroziyaga uchraganligi sababli ular ko‘pincha o‘rta va yengil qumoqlidir. Jigarrang
karbonatli tuproqlar asosan Chotqol, Qurama, Zarafshon va Hisor tog‘larining
janubiy va sharqiy ekspozitsiyadagi yonbag‘irlarida kserofit o‘simliklar ostida
rivojlangan tuproqlar bo‘lib, dag‘al skeletli va eroziyaga ko‘proq uchragandir.
Chotqol va Qurama tog‘larining baland sertosh etaklarida sust ishqorsizlangan
jigarrang tuproqlar uchraydi. Bular eroziyaga duchor bo‘lgan. Tub jinslarning
81

