Page 82 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 82

elyuviylari  va     delyuviylarida  hamda  dag‘al  skeletli  prolyuviylarida  rivojlangan
            bo‘lib,  bular  skeletli  qumoq  va  dag‘al  skeletli  turlardir.  Bu  tuproqlardan  asosan
            yaylov sifatida foydalaniladi.
                   Jigarrang tuproqlarning kimyoviy xossalari quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:
                   Jigarrang  karbonatli  tuproqlarda  gumusli  qatlamlar  qalinligi  A+V 1+V 2
            eroziyaga duchor bo‘lish darajasiga qarab 50-60 sm dan 30 sm gacha o‘zgarib turadi.
                   Jigarrang karbonatli tuproqlarda gumus miqdori 1,83-3,15 foiz atrofida bo‘lib,
            eroziyaga  uchrash  darajasiga qarab gumus  miqdori ustki qatlamlarida  1,83 foizdan
            2,45  foizgacha  o‘zgarib,  yana  kamayishi  kuzatiladi.  Ushbu  ko‘rsatkichlar  bilan  bir
            qatorda, bu tuproqlarda umumiy azot, fosforning miqdori 0,10-0,25, 0,15-0,19 foiz
            o‘rtasida bo‘lib, uning genetik qatlamlarida o‘zgarib turadi. Bu          tuproqlarda erozion
            jarayonlar  rivoji  ta’sirida  SO 2  karbonatlar  qatlamlari  ancha  yuzadan  boshlanadi.
            Jigarrang  karbonatli  tuproqlar  asosan  janubiy,  janubi-sharqiy  qiyaliklarda
            shakllanganligi  tufayli  serkarbonatli  hisoblanadi.  Bu  tuproqlarda  SO 2  karbonatlar
            miqdori  6-8  foiz  o‘rtasida,    kuchli  eroziyalangan  tuproqlarda  10-12  %  va  undan
            ko‘pdir.

                   Tog‘ jigarrang tipik tuproqlarda gumusli qatlamlar A+V 1+V 2             ancha qalinroq
            ifodalangan 60-80 sm gacha yetadi. Bu tuproqlarda gumus miqdori 6-10 foiz, chim
            osti qatlamlarida esa 5-6 foiz atrofida. Bu ko‘rsatkichlar yuqorida ko‘rib o‘tilgan tog‘
            jigarrang  karbonatli  tuproqlarning  gumus  ko‘rsatkichidan  2  marotaba  va  undan
            ko‘proq, gumus miqdori pastki qatlamlarda sezilarli darajada kamayib boradi.
                   Tog‘  jigarrang  tipik  tuproqlarning  mexanik  tarkibi  ko‘pincha  og‘ir  qumoqli,
            kamroq  sozli.  Eroziyalangan  tipik  jigarrang  tuproqlarda  biroz  dag‘al  toshloqlilari
            uchraydi.
                   Tog‘ jigarrang ishqorsizlangan tuproqlar gumusga ancha boy bo‘lib, gumusli
            qatlamlarning qalinligi 80-100 sm        va undan qalinroq bo‘lishligi kuzatilgan. Gumus

            miqdori chimli qatlamlarda 8-12 foiz, chim osti qatlamlarida esa 5-7 foiz atrofida,
            gumusli qatlamni 50-70 sm  chuqurligida gumus miqdori 1,5-2,5 foizni tashkil qiladi.
                   Bu  tuproqlar  gumusga  boy  bo‘lganligi  bilan  bir  qatorda  umumiy  azoti  ham
            ko‘p  va  uning  miqdori  0,18-0,70  foiz  atrofida,  umumiy  fosfor  0,10-0,20  foizdan
            oshmaydi.
                   Shunday  qilib,  yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  o‘rtacha  balandlik  mintaqa  tog‘
            yonbag‘ir jigarrang tuproq tipchalari o‘z genezisi, unumdorlik va ekologik holati har
            xilligi bilan sharhlanadi.
                   Ular  turli  darajada  eroziyaga  duchor  bo‘lgan  va  eroziyaga  qarshi       tura  olish
            qobiliyati  esa  turlicha  barqarorlikka  ega.  Umuman  aytganda,  tog‘  mintaqa  tabiiy
            sharoitlari  majmui,  yuza  nishabliklarining  kattaligi,  siyrak  o‘simliklar,  bahordagi
            kuchli yomg‘ir, eroziyaga chidamlilikning pastligi, shuningdek, mollarni yaylovlatib
            boqishning tartibga solinmaganligi, yonbag‘irlardagi lalmi yerlardan foydalanishning
            eroziyaga qarshi talablariga rioya etilmasligi, eroziya jarayonlarining rivojlanishiga
            yordam bergan bo‘lib, bu tuproqlarning tarkibi va xossalarini o‘zgartirib yuborgan.
            Jumladan,  eroziya  yonbag‘irning  turli  qismlari  va  ekspozitsiyalarida  morfologik
            belgilariga  ko‘ra  turlicha  tuproqlar  shakllanishiga  olib  keladi.  Eroziyaga  duchor
            bo‘lish  darajasi  oshgan  sayin  gumusli  qatlamlar  qalinligi  hamda  karbonatlar
            to‘planishi  maksimum  chuqurligi  qisqaradi.  Eroziya  tuproqning  agrokimyoviy  va
                                                            82
   77   78   79   80   81   82   83   84   85   86   87