Page 80 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 80

Mayda  zarrachalarning  (0,001  mm)  miqdori  bu  tuproqda  ko‘proq  bo‘lgani  uchun
            tuproq  donadorligi  och  tusli  bo‘z  tuproqqa  qaraganda  biroz  yaxshi  rivojlangandir.
            Qiyalik va nishabli yerlardan  noto‘g‘ri foydalanish, sug‘orish natijasida suv eroziyasi
            rivojlanib tuproqning  umumiy  qatlamlari qisqarib,  yer  beti  chag‘irtosh va shag‘alli
            bo‘lib qolmoqda. Respublikamiz bo‘yicha tipik bo‘z tuproqlar maydoni 3054 ming
            ga, shundan lalmi dehqonchilik qiladigan yerlar 814 ming ga bo‘lib, ulardan 746,4
            ming gektari yuza suv eroziyasiga uchragan, o‘rta va kuchli suv eroziyasiga uchragan
            tuproqlar  416,5  ming  ga  ni  tashkil      qiladi.  Sug‘orish  eroziyasiga  uchragan  bo‘z
            tuproqlar maydoni 682 ming ga, shundan 556,7 ming ga o‘rta va kuchli eroziya ga
            uchragan.
                   To‘q tusli bo‘z tuproqlar. Asosan lyoss yotqiziqlarda va qisman janubiy va
            g‘arbiy Farg‘ona hududi yerlarida turli xil otqindi jinslarni nurashidan hosil bo‘lgan
            skeletli  yotqiziqlarda  paydo  bo‘lgan.  Bo‘z  tuproqlar            hududining  eng  yuqori
            mintaqasiga mansub bo‘lib, baland va past tog‘ yonbag‘irlari va daryo vodiylarining
            tog‘  oraliqlaridagi  tekisliklarida  dengiz  sathidan  500-700  m  dan  boshlab  janubiy
            viloyatlarda  900-1100  m  gacha  va  g‘arbiy  Farg‘ona  hududlarida  1500  m  gacha
            bo‘lgan maydonlarda tarqalgan. Uning ko‘pchilik maydoni adirlik, qiyalik va o‘nqir
            cho‘nqirlardan iborat,  sug‘orib dexqonchilik qilinadigan maydonlar juda oz. Asosan
            lalmikor  dexqonchilik,  bog‘dorchilik,  uzumchilik  rivojlangan.  Baland  bo‘yli
            g‘allasimon  pichanbop o‘simliklar qatori sirach  o‘t (eremerus) o‘sadi.
                   To‘q  tusli  bo‘z  tuproqlar  tarqalgan  yerlarning  iqlimi  u  qadar  issiq  bo‘lmay,
            yozi qisqaroq, umumiy yog‘in miqdori 500-700 mm va undan ortiqroq, bahori ancha
            sernam,  salqin va davomli, yoz esa unchalik issiq emas. Yog‘in-sochin suvlari bu
            tuproqlarning  2  metrli  chuqurligiga  qadar  namlaydi.  Shuning  uchun  ham  bu
            tuproqlarda o‘t-o‘tlanlar  qalin,  yaxshi  o‘sadi.  Har  yili  o‘simlik  qoldiqlari  gektariga
            yer usti qismidan 4-5 t/ga va yer osti ildiz o‘simtalari sifatida 30 t/ga ga qadar organik

            modda  qoladi.  O‘simlik  qoldiqlari  chirishi  hisobiga  hosil  bo‘lgan  gumus  tuproq
            unumdorligini xiyla oshiradi. Yog‘in  sochin suvlaridan tuproq yaxshi namlanganligi
            sababli tuproq karbonatlari ancha pastga yuvilib tushadi va 100-150 sm chuqurlikda
            karbonatlar  qatlami  paydo  bo‘ladi.  Gips  qatlam  va  zararli  tuzlar  bu  tuproqlarda
            ko‘pincha uchramaydi.
                   To‘q  tusli  tuproqlarning  morfologik  tuzilishi  tipik  bo‘z  tuproqqa  nisbatan
            ancha  yaxshi  shakllangan,  gumus        miqdori  yuqori  qatlamlarida  3-4  foiz,  gumusli
            A+V 1+V 2 qatlamini qalinligi 60-70 ayrim hududlarda 80 sm, singdirish sig‘imining
            kattaligi  15-18  mg.  ekv  va  mexanik  tarkibining  bir  oz  og‘irligi  bilan  farq  qiladi.
            Eroziyaga uchragan lalmi tuproqlarda bu ko‘rsatkichlar ancha past, gumus miqdori
            haydalma  qatlamida,  eroziyalanish  darajasiga  qarab  2,5-2,1  foizgacha,  gumusli
            qatlamini qalinligi 30-50 sm, SO 2 karbonatlar yer ustida boshlanib, gipsli qatlam va
            tuzlar  ancha  pastki  qatlamlarda  uchraydi.  Tabiiy  o‘simliklar  yo‘qolishi,  rel’efi
            sharoitini hisobga olmay lalmi dehqonchilik ishlari olib borish, tuproqlardan noto‘g‘ri
            foydalanish, tuproq ustki unumdor qatlamining eroziyaga uchrab yuvilib ketishiga va
            jarlarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra respublika bo‘yicha
            to‘q tusli bo‘z tuproqlarni umumiy maydoni 1051 ming ga ni tashkil etib, undan 867
            ming ga har xil darajada eroziyalangan.


                                                            80
   75   76   77   78   79   80   81   82   83   84   85