Page 76 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 76

tuproqning  qoplama  darajasi  yuqori  bo‘lsa,  shunchalik  o‘simliklarning  tuproqni
            eroziyadan  ximoyalash  va  suvlarni  taqsimlash  roli  oshadi,  chunki  kuchli  yomg‘ir
            tomchilari  o‘simlik  ustiga  tushadi  va  so‘ngra  yerga  tushadi  tuproq  qa’riga  singib,
            tuproq  donachalarini  yemirilishdan  saqlaydi.  Bunda  birmuncha  miqdordagi  yog‘in
            o‘simliklarning yer ustidagi qismida saqlanadi, natijada tuproq yuzasida oqim paydo
            bo‘lmaydi.  Olimlarning  kuzatishlariga  qaraganda,  havodan  yoqqan  yog‘in-
            sochinlarni  madaniylashgan  o‘simliklar  11  foizgacha,  daraxtli  o‘simliklar  30
            foizgacha ushlab qolishi aniqlangan.
                   O‘simliklar  o‘z  ildizlari  bilan  tuproq  zarrachalarini  mustahkamlab  va  yog‘in
            suvlarini oqib ketmasdan tuproq qariga singishiga sharoit yaratadi.
                   Shuningdek, o‘simliklarning eroziya jarayonlariga qarshi tura olish qobiliyati
            ular  ildizlarining  tarmoq  yoyib  rivojlanganligiga,  qalinligiga  va  o‘sishiga  bog‘liq.
            O‘simlik ildizlarining chirishi natijasida ularning yo‘llari ochilib, tuproqda g‘ovaklik
            kuchayadi  va  shu  sababli  tuproqning  suv  o‘tkazuvchanligi  oshadi,  o‘simlik
            ildizlarining qoldiqlari ta’sirida tuproq organik moddalarga boyiydi, tuproq tuzilmasi
            donadorligi  yaxshilanadi,  unumdorlik  oshadi.  Ma’lumki,  yer  usti  o‘simliklar  bilan
            yaxshi qoplansa, namlikni parlanishdan va tuproqni qurg‘oqchilikdan saqlaydi.
                   Tuproqni shamol eroziyasidan saqlashda o‘simliklar qoplami nihoyatda katta
            ahamiyatga  ega.  Tuproq  yuzasida  o‘simliklar  qancha  yaxshi  rivojlansa,  yer
            yuzasidagi shamol tezligini kamaytiradi, tuproq zarrachalarini ushlab qolib, shamolni
            kuchli  yo‘li  pasayadi.  Natijada  shamol  eroziyasining  rivojlanishi  yo‘li  to‘siladi,
            tuproq unumdorligi saqlanadi.
                   Har  xil  o‘simliklar  qoplami  eroziyadan  saqlash  xususiyati  bo‘yicha
            quyidagicha joylashadi:

                     O‘rmon-daraxt o‘simliklari
                     Pichan o‘t o‘simliklari
                     Mevali ko‘chatzorlar (ularning qator oralari o‘simlik qoplamida bo‘lsa)
                     Qishloq xo‘jalik ekinlari: a) boshoqli, dukkakli o‘simliklar aralashmasi; b)
            boshoqli  don  ekinlari;  v)  dukkakli  ekinlar;  g)  chopiqli  ekinlar.  Olimlarning
            kuzatishlaricha eng kuchli deflyatsiya va suv eroziyasi o‘simliksiz qiyalik yerlarda va
            yozda haydalgan ang‘izlarda bo‘ladi.
                   Olimlarning  ta’kidlashicha,  ko‘p  yillik  o‘tlar,  dukakli  o‘simliklar  tuproqni
            eroziyadan eng yaxshi ximoya qiladi, ikkinchi o‘rinda yoppasiga ekiladigan bir yillik
            kuzgi  ekinlar,  uchinchi  o‘rinda  bahorgi  boshoqli  ekinlar  tuproqni  ancha  bo‘sh
            himoyalaydi, chopiq qilinadiganlari – tuproqni eroziyadan eng yomon himoyalaydi.
            O‘simliklarning  tuproqni  himoyalashdagi  roli  rivojlanishning  turli  bosqichlarida
            turlicha  bo‘ladi.  Bu  o‘simliklarning  yer  ustki  massasi  va  ildiz  tizimining  holatiga
            bog‘liq bo‘ladi. Muayyan davrda barg yuzasining proektiv qoplami qanchalik to‘liq
            bo‘lsa, o‘simliklarning yashil massasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular tuproqni eroziyadan
            shunchalik yaxshi himoya qiladi.
                   Shu  boisdan  ekinlarni  parvarishlash  agrotexnikasi:  ekishning  maqbul
            me’yorlarini  qo‘llash,  qatorlar  orasi  kengligi,  ekishning  to‘g‘ri  yo‘nalishi,  o‘g‘itlar
            solish  va  o‘simliklarning  rivojlanishiga  ko‘maklashadigan  boshqa  usullar  katta
            ahamiyatga ega.


                                                            76
   71   72   73   74   75   76   77   78   79   80   81