Page 71 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 71

Ma’lumki, eroziya jarayonlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga asosan 2 xil
            omil  ta’sir  etadi:  tabiiy  va  antropogen.  Inson  tomonidan  yerning  o‘zlashtirilishi va
            g‘ayri  tabiiy  usullar  qo‘llab  noto‘g‘ri  foydalanishi  natijasida  eroziya  jarayonlari
            sezilarli  rivoj  oldi.  Hozirgi  zamon  eroziyasi  yuqorida  ko‘rsatilgan  ikkala  omil  bir-
            birlari  bilan  birlashishi  natijasida  namoyon  bo‘layotir.  Iqlim  o‘zgarishi,  yer
            yuzasining  notekisligi,  yerning  geologik  -  geomorfologik  kabi  tabiiy  omillar  bilan
            birgalikda inson tomonidan yer, suv manbalari noto‘g‘ri foydalanilishi tuproq suv va
            shamol eroziyasini rivojlanishiga asosiy sababdir.
                   Eroziya jarayonlarining rivojlanishida iqlimning roli. O‘zbekiston iqlimining
            tuproq paydo bo‘lishidagi va eroziya jarayonlarini rivojlanishidagi rolini o‘rganishda
            birinchi navbatda hududning meridian bo‘ylab 920 km dan ko‘p cho‘zilishi iqlimning
            Janubdan  –  Shimolga  qarab  o‘zgarishini  xilma-xilligi  inobatga  olinadi.  Bu
            o‘zgarishlarga  suvsiz  jazirama  cho‘llar,  adirlar,  tog‘  oldi  va  tog‘  mintaqalarining
            joylashishi sababdir. Ma’lumki, iqlimning o‘zgarishiga asosan tog‘lar, tog‘ vodiylari,
            ularni ekspozitsiya bo‘yicha joylanishi, tog‘larning balandligi katta ahamiyatga ega.
            Shuning  uchun  O‘zbekiston  hududida  iqlimning  shakllanishi  atmosfera
            sirkulyatsiyasining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Yoz oylarida Markaziy Osiyoning
            sahro  va  cho‘llardan  iborat  katta  kengliklarida  bir  zayildagi  kuchli  qizigan
            kontinental jazirama issiq hukm suradi. Shuning uchun yoz bo‘yi havo ochiq, behad
            issiq bo‘ladi. Sovuq mavsumda esa kontinental-subtropik va mo‘tadil kengliklarning
            sovuq  massalari  o‘rtasida  Markaziy  Osiyoda  janubiy  siklonga  xos  rivojlanadigan
            sovuq oqim hosil bo‘ladi, qishki-bahorgi seryomg‘ir davr shuning oqibatidir.
                   O‘zbekiston       mintaqasida       iqlimning      shakllanishi     ob-havo      sharoiti
            xususiyatlariga  bog‘liq.  L.N.Babushkin  (1964)  ko‘rsatib  o‘tganidek,  G‘arbdan
            kelayotgan atmosfera havo massalari va janubiy-g‘arbdan keluvchi tuproq havoning
            iliq  massasi  namlik  manbalari  hisoblanadi.  Tog‘larga  yaqinlashgan  sari

            yonbag‘irlardan  yuqori  ko‘tarilayotgan  bu  havo  massalari  soviydi,  namlik
            suyuqlashadi  va  yog‘in-sochinga  aylanadi.  O‘zbekistonga  yog‘in-sochin  miqdori
            joyning  dengiz  sathidan  ko‘tarilib  borishiga  qarab  ko‘payish  qonuniyati  shu  bilan
            izohlanadi.  Shuning  uchun  O‘zbekiston  iqlimi  gidrotermik  rejimga  asosan  tekis
            kenglik  bo‘yicha  ekstraarid  iqlimli  va  pastlikdan  yuqori  balandlikka  qarab
            ekstraaridli,  arid,  subgumidli  va  gumid  subnival  iqlim  turlariga  bo‘linadi.
            Ko‘rsatilgan  ana  shu  to‘rtta  iqlimli  mintaqa  respublika  hududlari  relefiga,  ya’ni
            geomorfologik rayonlariga to‘g‘ri keladi. Turon pastekisliklari, tog‘ osti va tog‘ tagi
            baland tekisliklari, o‘rta tog‘li va yuqori baland tog‘ mintaqalariga bo‘linadi.
                   Bu to‘rtta iqlim sharoitlarida tuproq hosil bo‘lish jarayonlari turlicha kechadi
            va shu jarayonlar tufayli hududimizda har xil tuproq tiplari, tipchalari paydo bo‘lgan.
            Ya’ni  ekstraarid  -  cho‘l  tekisliklarda  yog‘in-sochin  70-200  mm,  baland-past
            tekisliklar  -  arid  mintaqalarda  250-350  mm  bo‘lsa,  o‘rta  tog‘  -  subgumidli
            mintaqalarda  ularning  miqdori  750-1000  mm  va  undan  ko‘proq,  gumid  subnival
            mintaqali baland tog‘larda esa 350-400-500 mm va undan oshadi.
                   Joy dengiz sathiga nisbatan ko‘tarilgan sari, odatda, havoning o‘rtacha harorati
            pasayadi,  haroratning  vertikal  gradientlari  turli  sharoitlarda  har  xil  bo‘ladi:  qishda
                                                                                   0
            kamroq, odatda ko‘tarilishning har 100 m hisobiga 0,2 – 0,5  S atrofida, yozda esa
                                0
            ko‘proq 0,7 – 0,8  S.
                                                            71
   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76