Page 66 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 66
Irrigatsion eroziya deb, qiya yerlarda yetishtirilayotgan ekinlarni katta suv
oqimi bilan sug‘orish natijasida sug‘orish suvi tezligining oshishi natijasida tuproq
qatlamining yemirilib yuvilib ketishiga aytiladi. Eroziyaning bunday turi asosan
sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda uchraydi. Tuproqning irrigatsion
eroziyasi ko‘p hollarda nishab yerlarda ekinlarni ko‘p suv oqizib sug‘orish natijasida
0
yuzaga keladi. Maydon nishabligi 2-3 bo‘lganda tuproq yuzasini suv yuvib keta
boshlaydi. Qiyalik ortib borishi bilan irrigatsion eroziya jarayoni yanada kuchayib
boradi (36-rasm).
36-rasm. Noto‘g‘ri sug‘orish oqibatida yuzaga kelgan irrigatsion eroziya.
O‘zbekiston tuproqshunos olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra (Hamdamov,
Soy, Boboxo‘jaev, 1986), qiya maydonlarda bir marta egatlab sug‘orilganda suv
oqizib ketadigan tuproq gektariga 22-50 tonnaga, o‘ta qiyaliklarda esa 690 tonnaga
yetadi. Bir yilda har gektardan 100 tonna tuproqning yuvilib ketishi kuzatilgan, bu
esa tuproqdan 100 kg/ga azot va 115 kg/ga fosforning yuvilib ketishidir. Nishab
yerlardagi tuproqlarni yuvilish tezligi tuproqning mexanik tarkibiga, donadorligiga,
erozion turg‘unligiga va boshqa xossalarga bog‘liqdir. Irrigatsion eroziyaga uchragan
tuproqlarda sug‘orish ishlari alohida usulda bo‘lishi zarur. Bu yerlarda kam miqdorda
suv bilan tez-tez sug‘orib turish uslubini qo‘llash lozim (Tregubov, Averyanov,
1987).
Shamol eroziyasi umuman quruq iqlimli cho‘l mintaqalarida, qachonki bahor
va yoz oylarining havo harorati baland, havoning nisbiy namligi esa past bo‘lgan
sharoitlarda ro‘y beradi. Shamol yer yuzasidan sekundiga 12-15 m/sek tezlik bilan
esganda yuza qatlam to‘zonga aylanib havoga ko‘tariladi va tuproq shamol
eroziyasiga uchraydi. Ayni hol yer unumdorligiga juda katta, ba’zan oldingi holatiga
keltirib tuzatib bo‘lmaydigan darajada zarar yetkazadi. Chunki dala tuprog‘ining
mayda zarrachali unumdor qismini shamol uchirib ketadi. Undagi ozuqa moddalar
yo‘qoladi. Bunday yerlarda ekinlarning hosili juda kamayib ketadi. Ayrim vaqtlarda
kuchli shamollar sug‘oriladigan yerlarga, aholi yashaydigan joylarga qumlarni
uchirib kelib, qumli tepaliklar paydo bo‘ladi, qishloq xo‘jaligi va aholi uchun
noqulayliklar keltiradi. Bulardan tashqari shamol eroziyasi bahor oylarida g‘o‘za va
boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari nihollarining barg, shohlarini, ayrim hollarda ildizi
bilan uchirib ketadi. Buning oqibatida ekinlar bir necha marta qayta ekiladi,
66

