Page 62 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 62

to‘plangan  tuproqlarda  nafas  olish  jadalligini  quyi  qatlamlar  tomon  asta-sekin
            kamayishi  kuzatildi  va  bu  ushbu  tuproqlarning  mikroorganizmlar,  gumus  va  oziqa
            elementlari bilan yaxshi ta’minlanganligi bilan izohlanadi. SO 2 gazini eng kam ajralib
            chiqishi  o‘rganilgan  tuproqlarning  janubiy  ekspozitsiyasida  tarqalgan  yuvilgan
            tuproqlarida  (1,0-8,5  mg  SO 2/100g)  kuzatildi,  yuvilmagan  tuproqlar  esa  oraliq
            miqdorga ega (1,6-12,3 mg SO 2/100g). Demak, tuproqdan  SO 2 gazini ajralib chiqishi
            ularni bir qator murakkab tuproq xossalari va tabiiy omillarga, shu jumladan organik
            modda  miqdoriga,  tuproqlarni  kimyoviy  va  fizikaviy  xossalariga,  mikrofloraning
            miqdoriga va gidrotermik sharoitlarga bog‘liq.
                   Tuproqdan ajralib chiqqan SO 2 ning ko‘pchilik qismi tuproq mikroflorasidagi
            metobolizm mahsuloti hisoblanadi. Agarda mikroorganizm faoliyatini to‘xtatsa unda
            uglekislotalar  ajralishi  kamayadi.  G.S.Sodiqovaning  (2011)  janubiy-g‘arbiy  Hisor
            tog‘  tizmasining  eroziyaga  uchragan  tuproqlarida  olib  borgan  izlanishlarida  tuproq
            nafas olish jadalligi tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar miqdori va tuproq fizikaviy
            va kimyoviy tarkibiga mos ravishda o‘zgarib borishi aniqlandi.
                   Olingan  ma’lumotlarga  ko‘ra,  tog‘  oldi  tipik  bo‘z  tuproqlarda  tuproq  nafas
            olish  jadalligi  tuproq  eroziyalanishining  ortishi  bilan  kamayib  bordi  (4,0-7,8  mg
            SO 2 100g  tuproqda).  Eroziyalanmagan  tuproqlarda,  ya’ni  suv  ayirg‘ichda  esa  bir
            muncha yuqoriligi      (6,4 mg SO 2 100g tuproqda) kuzatildi. Pastki qatlamlarga tomon
            bu  ko‘rsatkich  kamayib  bordi.  Ushbu  tuproqlarda  SO 2  ajralishining  sustligi
            mikroflora  miqdorining  kamligi  va  organik  moddalarga  kambag‘alligi  bilan
            xarakterlanadi.  To‘q  tusli  bo‘z  tuproqlarda  SO 2  ajralishi  tipik  bo‘z  tuproqlarga
            nisbatan bir muncha yaxshiroq. Gumus 1,35-1,50% bo‘lganda 100 gr tuproqda SO 2

            6,8-8,6 mg ni tashkil etadi. Ushbu tuproqlarda ham eroziyaning ta’siri tuproqda SO 2
            ajralishiga  salbiy  ta’sir  ko‘satadi.  Uchlamchi  qizg‘ish  tusli  neogen  yotqiziqda
            shakllangan  bo‘z  tuproqlarda  lyoss  yotqiziqda  shakllangan  bo‘z  tuproqlarga

            qaraganda  SO 2  ajralishi  kamligi  tadqiqotlarimiz  davomida  ma’lum  bo‘ldi.  Bunda
            tuproqda  uzluksiz  faoliyat  ko‘rsatayotgan  mikroorganizmlar  miqdorining  tuproq
            nafas  olish  jadalligiga  ta’siri  kattadir.  Bu  ayniqsa  uchlamchi  neogen  yotqiziqda
            shakllangan tuproqlarda sust kechishiga sababchi bo‘ladi.
                   Dengiz  sathidan  1350-1400  m  balandlikda  tarqalgan  jigarrang  karbonatli
            tuproqlarda tuproq nafas olish jadalligi bir muncha ortishi kuzatiladi. Bu tuproqlarda
            SO 2 ajralishi suv ayirg‘ichda 7,9 mg bo‘lib, o‘rtacha eroziyalangan tuproqlarda 5,8-
            6,7 mg ni tashkil etadi. Jigarrang karbonatli tuproqlarda mikroorganizmlar miqdoriga
            mos ravishda tuproqlardan SO 2 gazini ajralib chiqishi o‘zgarib turadi.
                   Balandlikning ortishi bilan tuproq nafas olish jadalligi ham ortib boradi. Ya’ni
            dengiz  sathidan  2000  m  balandlikda  joylashgan  jigarrang  tipik  tuproqlarda  gumus
            miqdorining  (gumus  4,36-3,83%)  ortishi  va  mikroorganizmlar  miqdoriga  mos
            ravishda nafas olish jadalligi ham orta boradi. Bu tuproqlarda SO 2 ajralishi 12-9,4 mg
            ni  tashkil  etdi.  Bunda  bakteriyalar  miqdori  ham  yuqoriligi  kuzatildi.  Bu  boshqa
            tuproqlarga  nisbatan  solishtirilganda  ikki  marta  ko‘pligini  ko‘rsatadi.  Ularning
            miqdori  tuproq  chuqurligi  quyi  qismiga  tomon  kamayib  boradi.  Barcha
            o‘rganilayotgan tuproqlarda 100 mg hisoblanganda, eng ko‘p SO 2 ajralishi jigarrang
            tipik tuproqlarga to‘g‘ri kelganligi ma’lum bo‘ldi (12-10 mg SO 2) (11-jadval).

                                                            62
   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66   67