Page 67 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 67
hosildorlik keskin kamayadi va paxta sifati yomonlashadi. Shamol eroziyasiga
uchragan tuproqlarning unumdorligini tiklash uchun bir necha o‘n yillar kerak bo‘ladi
(Mirzajonov, 1981).
Umuman olganda, bugungi kunga kelib O‘zbekiston hududida tabiiy va
antropogen omillar ta’sirida yemirilish, yuvilish va uchirib ketish jarayonlari
natijasida yuzaga kelayotgan suv va shamol eroziyasi bartaraf etish bo‘yicha bir
qancha tadbirlar ishlab chiqilgan va ular asosida ijobiy natijalarga erishilmoqda.
§6.2. Eroziyaning tuproq xossalari va o‘simlik hosildorligiga ta’siri
Ma’lumki, suv va shamol eroziyasi global miqyosida eng tez yuz beradigan va
ko‘pincha fojeali oqibatlarga olib keladigan buzg‘unchi omillardan hisoblanadi.
Aynan tuproq eroziyasi tufayli tuproqning unumdorlik darajasini belgilovchi asosiy
xossalariga qattiq zarar yetadi (Dobrovolskiy, 1997).
Yer resurslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muammolarini
hal qilishda tuproqlarni eroziyadan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Eroziya
ta’sirida tuproqni yuqori unumdor qatlamini yuvilib ketilishidan tashqari bu jarayon
atrof muhitni ayrim komponentlariga yomon ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa suv
resurslariga, suv havzalari, daryo va suv omborlarining suvi keskin loyqalanishi
oshadi, qishloq xo‘jalik ekinlariga qo‘llanilgan o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy
preparatlar yuvilib ketadi.
Eroziyalangan tuproqlarda flora va faunalarning hayot sharoitlari keskin
yomonlashadi. Eroziyalangan tuproqlarda ba’zi mikroelementlar miqdorining
kamayib ketishi bir qator kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shunday
qilib, tuproqni eroziyadan himoya qilish atrof muhitni muhofaza qilish
muammosining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi (Zaslavskiy, 1966, 1983).
Eroziya holatlarining ta’siri ostida biroz yuvilgan, o‘rtacha yuvilgan, kuchli
yuvilgan va yuvilib to‘plangan tuproqlar hosil bo‘ladiki, ular tuproq qatlamining
qalinligi, gumus, oziqa elementlari (makro- va mikro elementlar) zaxirasi va tarkibi,
mikroorganizmlar miqdori va sifati, kimyoviy va fizikaviy xossalari, bioenergetika
ko‘rsatkichlari o‘zgarishi tufayli unumdorlik darajalari turlicha ekanligidan dalolat
beradi. Shu narsa ma’lumki, irrigatsiya eroziyasi natijasida tuproq yuvilishi har yili
0
gektariga 100-150 tonnagacha va undan ham oshib ketishi mumkin (nishabligi 5 dan
ko‘proq bo‘lgan qiyamaliklarda gektariga 500 tonnaga qadar boradi). Ana shu tuproq
bilan birga gumusning yillik nobudgarchiligi gektariga 500-800 kg, azot-gektariga
100-120 kg, fosfor 75-100 va undan ko‘proq kilogrammni tashkil etishi mumkin.
Shuni qayd etish kerakki, eroziya jarayonlari tuproqdagi ekosistemalar biomassasiga
foydalanilgan quyosh energiyasi miqdoriga ham ta’sir o‘tkazadi.
Chunonchi, respublikaning bo‘z tuproq yerlaridan nishablikning holati va
6
tuzilishiga qarab to‘plangan energiya zaxirasi gektariga 20-100∙10 kilokalloriyani
tashkil etadi. Ayni vaqtda yuvilib to‘plangan tuproq – kuchsiz eroziyalangan –
o‘rtacha eroziyalanan – kuchli eroziyalangan tuproqlar qatorida energiya zaxirasi
kamayib boradi. Eroziya jarayonlari natijasida fitomassada, gumusda va tuproq
tarkibidagi mikroblarda yutilgan quyosh energiyasining 30-50 foizi va undan
67

