Page 65 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 65

mintaqalarida,  ya’ni  atmosfera  yog‘in-sochin  miqdori  kam,  yerdan  namlikni
            bug‘lanishi esa ko‘p bo‘lganda yuzaga keladi.
                   Suv eroziyasi yuvilish xarakteriga ko‘ra ikki turga: yoppasiga yuvilish - yoki
            yuza  eroziya  va  uzunasiga  ro‘y  beradigan  -  yoki  jar  eroziyasiga  bo‘linadi.
            Shuningdek, oqar suvlarning ta’siriga qarab suv eroziyasi yuza oqar suvlar (qor va
            yomg‘ir  suvlari)  ta’sirida  ro‘y  beradigan  eroziya  va  sug‘orish  suvlari  natijasida
            yuzasiga  keladigan  irrigatsion  eroziyaga  ajratiladi  (Boboxo‘jaev,  Uzoqov,  1995).
            Tuproqlarni  yoppasiga  yuvilishi,  ya’ni  yuza  eroziya  natijasida  tuproqning  yuqori
            gorizontlari  yonbag‘irlar  bo‘ylab  oqadigan  suvlar  ta’sirida  yuviladi.  Oqar  suvlar
            ta’sirida  tuproqning  gumusli  qatlam  qalinligi  kamayadi,  uning  unumdor  qismidagi
            turli  o‘lchamdagi  zarrachalar  bilan  birga  oziq  moddalar  ham  yuvilib  ketadi  va
            nishabligi kam, tekis maydonlarga olib borib yotqiziladi. Yuvilgan joylarda ekinlar
            hosili  keskin  kamayadi,  yuvilib  keltirilgan  yotqiziqli  yerlarda  esa  o‘simlik  g‘ovlab
            o‘sadi  va  hosil  pishib  yetilmaydi,  shu  sababli  hosil  miqdori  nisbatan  kam  bo‘ladi.
            Tuproqlarni uzunasiga yuvilishi yoki jar eroziyasi yonbag‘irlardan oqib kelayotgan
            kuchli  suv  oqimlari  ta’sirida  tuproqni  chuqurlatib,  kuchli  o‘yilib  yuvilishiga  sabab
            bo‘ladi. Ushbu jarayon bir necha bosqichda kechadi. Dastlab uncha katta bo‘lmagan
            (20-25 sm) chuqurchalar hosil bo‘ladi va ular kengayib 30-50 sm 1-1,5 m ga qadar
            chuqurlashadi. Keyinchalik esa bu jarayon yanada rivojlanib jarliklar hosil bo‘ladi.
            Uzunasiga  ro‘y  beradigan  eroziya  tuproqlarni  to‘liq  ravishda  yemirib  yuboradi.
            Bunday katta jarliklari bo‘lgan maydonlar qishloq xo‘jaligi uchun mutlaqo yaroqsiz
            yerlarga aylanadi (35-rasm).





















                              35-rasm. Jar eroziyasi oqibatida yuzaga kelgan holatlar



            Jar eroziyasining rivojlanish jadalligi darajasi quyidagi gradatsiya bilan

            belgilanadi (1 kv km maydondagi jarliklarning uzunligi km hisobida):
                  kuchsiz jarlanish – 0,25 kv km/km dan kam;

                  o‘rtacha jarlanish – 0,25-0,50 kv km/km;
                  kuchli jarlanish – 0,50-0,75 kv km/km;

                  juda kuchli jarlanish – 0,7 kv km/km dan ko‘p.



                                                            65
   60   61   62   63   64   65   66   67   68   69   70