Page 61 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 61

tuproq-iqlim  sharoitlari  bilan  bog‘liq  ravishda  ularni  genetik  xususiyatlarini
            ifodalaydi degan xulosaga kelish mumkin.
                   G.M.Nabieva  (2008)  tomonidan  olib  borilgan  izlanishlarda  G‘arbiy  Chotqol
            tog‘  yon  bag‘rida  tarqalgan  turli  darajada  eroziyaga  uchragan  tuproqlarning
            fermentativ faolligi bilan agrofizikaviy,  agrokimyoviy, fizik-kimyoviy xususiyatlari
            o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqliklar,  shuningdek  eroziya  jarayonida  bo‘ladigan
            o‘zgarishlarni  tog‘  tuproqlarining  ekologik-genetik  holatiga  bo‘lgan  ta’siri
            o‘rganilgan.  Ma’lumotlarga  ko‘ra,  tuproqlarning  gidrolitik  (ureaza,  fosfataza,
            proteaza  va  invertaza)  va  oksidlovchi-qaytaruvchi  (katalaza  va  degidrogenaza)
            fermentlarni faolligiga ko‘ra quyidagi o‘sish qatori bo‘yicha joylashtirgan: lesslarda
            shakllangan  tipik  bo‘z  tuproqlar,  tipik  bo‘z  tuproqlarda  shakllangan  uchlamchi
            yotqiziqlar, jigarrang karbonatli, jigarrang tipik, jigarrang ishqorsizlangan tuproqlar,
            eroziyani hisobga olib keyingi pasayish qatoriga: yuvilib to‘plangan – yuvilmagan -
            yuvilgan, shimoliy ekspozitsiya tuproqlari-janubiy ekspozitsiya tuproqlari.
                   Ma’lumki,  tuproq  va  atmosfera  havosi  o‘rtasida  doimiy  ravishda  havo
            almashinuvi bo‘lib turadi, chunki tuproqda yashovchi mikroorganizmlar, o‘simliklar
            ildizlari va tuproqda boradigan turli (biokimyoviy, gumus hosil bo‘lish va boshqalar)
            jarayonlar  mobaynida  tuproqning  nafas  olish  jarayoni  vujudga  keladi.  Tuproqning
            nafas olishi o‘zgaruvchan jarayon hisoblanib, turli vaqt va omillar ta’sirida o‘zgarib
            turadi.  Bunda  havo  harorati  bosimning  o‘zgarishi,  gazlar  diffuziyasi  va  biologik
            dunyoning o‘zgarishi muhim o‘rin tutadi.
                   Tuproqdan  karbonat  angidrid  gazining  ajralib  chiqishi,  ya’ni  “nafas  olishi”
            jarayonini  mikroorganizm,  tuproq  va  o‘simlik  o‘rtasidagi  bevosita  o‘zaro
            munosabatlarga  asoslangan  hamda  degradatsiyaga  uchragan  tuproqlar  biologik
            faolligining  o‘zgarmas  ko‘rsatkichlaridan  biri  sifatida  o‘rganish  mumkin.  Tuproq
            nafas  olganda  atmosferadan  kislorod  yutiladi  va  organik  moddalarning  oksidlanib,

            parchalanishi  natijasida  o‘simliklarni  uglerod  bilan  ta’minlanishida  muhim  manba
            hisoblangan karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. M.E.Saidova (2010) tomonidan
            olingan  ma’lumotlar  ko‘ra,  Chimboy  tumanida  tarqalgan  sho‘rlangan  tuproqlardagi
            eng yuqori nafas olish jadalligi eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarda
            kuzatildi va bahorda 11,6, yozda 9,1 hamda kuzda 10,0 mg SO 2/100g ni tashkil etdi.
            Qo‘riq  taqir-o‘tloqi  (6,5-4,2-5,2  mg  SO 2),  taqir  (3,3-1,4-2,8  mg  SO 2)  hamda  taqir-
            qumli  tuproqlarda  (2,3-1,3-1,8  mg  SO 2)  karbonat  angidrid  gazining  kam  miqdorda
            ajralib  chiqishi  ma’lum  bo‘ldi.  Sho‘rhok  tuproqlarda  yuqori  miqdordagi  zaharli
            tuzlarning ta’siri tufayli nafas olish jadalligining juda sustligi aniqlandi (1,8-1,3-1,5
            mg SO 2). SO 2  ning yuqori ko‘rsatkichlari bilan ustki organik va ozuqa moddalariga
            hamda o‘simlik qoldiqlariga boy qatlamlarga xarakterlidir. Shuningdek, tuproqning
            nafas  olish  xususiyatiga  mikroorganizmlar  miqdorini,  agrokimyoviy,  fizikaviy
            xossalarni va hududning tuproq-iqlim sharoitlarini ham ta’sir etishi kuzatildi.
                   Tog‘  va  tog‘  oldi  hududlarida  tarqalgan  tuproqlarning  nafas  olish  jadalligini
            aniqlash jarayonida ushbu ko‘rsatkichning asosan eroziya jarayonlariga bog‘liq holda
            o‘zgarishi  kuzatilgan.  Masalan,  D.A.Qodirova  (2009)  tomonidan  olingan
            ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiston tog‘ tizmasida tarqalgan eroziyalangan tuproqlarning
            SO 2  gazini  eng  ko‘p  ajralib  chiqishi  o‘rganilgan  barcha  tuproqlarning  yuvilib
            to‘plangan tuproqlariga to‘g‘ri keldi va 6,1-14,2 mg SO 2/100g ni tashkil etdi. Yuvilib
                                                            61
   56   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66