Page 64 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 64

5-bob mavzusi yuzasidan nazorat savollari:
                   1.  Degradatsiyaga  uchragan  tuproqlarning  biologik  faolligini  o‘zgarishi  va
            ularning yaxshilash tadbirlarini ayting?
                   2.  Degradatsiyaga  uchragan  tuproqlarda  mikroorganizmlar  miqdorining
            o‘zgarishini so‘zlang?
                   3.  Degradatsiyaga  uchragan  tuproqlarda  fermentlar  faolligining  o‘zgarishi
            qanday sodir bo‘ladi?
                   4.  Degradatsiyaga uchragan tuproqlarni biologik xossalarini o‘zgarishi tuproq
            unumdorligiga ta’sir qiladimi?
                   5.  Degradatsiyaga  uchragan  tuproqlar  biologik  xossalarini  yaxshilashning
            ilmiy asoslari mavjudmi?
                   6.  Tuproqlarning  biologik  olami  va  uning  faolligi  degradatsiya  turlariga
            bog‘liq xolda o‘zgarishi mumkinmi?



              6-bob. Tuproq eroziyasi

              §6.1. Tuproq eroziyasi va uning turlari haqida umumiy tushuncha

                   Tuproq eroziyasi ─ eng keng tarqalgan degradatsiya turi hisoblanadi. U ulkan
            iqtisodiy va ekologik zarar yetkazadi, chunki qishloq xo‘jaligining asosiy vositasi va
            biosferaning o‘rnini bosib bo‘lmaydigan komponenti sifatida tuproq yo‘q bo‘lishiga
            olib kelishi mumkin. Insonning noto‘g‘ri tashkil etilgan turli xil faoliyati ta’siri ostida
            tuproq qatlami  yemiriladi.  Eroziya  -  tuproqqa  mana  shunday  ta’sir o‘tkazilishining
            g‘oyat keng tarqalgan va halokatli oqibatidir (Dobrovolskiy, 1997).
                   O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida tuproq eroziyasi eng dolzarb muammolardan
            hisoblanib,  uning  tarqalishi,  kelib  chiqish  sabablari,  turlari,  bartaraf  etish  usullari
            bo‘yicha  bir  qancha  yetuk  olimlar  o‘zlarining  ilmiy  izlanishlarini  olib  borishgan.
            Xususan  V.B.Gussak,  M.A.Pankov,  Z.N.Antoshina,  F.K.Kocherga,  M.B.Doshanov,
            R.G.Murodova,  K.Mirzajonov,  X.M.Maxsudov,  L.A.Gafurova,  A.A.Xonnazarov,
            Sh.Nurmatov,        S.P.Suchkov,       N.F.Matyunin,        X.Xamdamov,         S.M.Elyubaev,
            A.Nigmatov,  B.Jo‘raev,  K.Usmonov,  M.Xamidov,  S.Meylibaev,  O.Haqberdiev,

            V.N.Li, B.Ahmedov va boshqa ko‘plab olimlar tomonidan respublikamizning barcha
            hududlarida  eroziya  jarayoni  mukammal  o‘rganilgan  va  ushbu  jarayonni  bartaraf
            etishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
                   Eroziya  jarayonlari  natijasida  mayda  zarrachalar  bilan  birgalikda  tuproqning
            organik qismi ham yuvilib ketadi, gumusli qatlam qalinligi qisqaradi, bunga bog‘liq
            ravishda  gumus  miqdori  ham  kamayadi.  Kuchli  yuvilgan  tuproqlarda  karbonatli
            konkresiyalar  tuproq  yuzasiga  chiqib  qoladi.  Tuproq  profili  toshli  bo‘lsa,  u  holda
            tuproq  yuzasiga  toshlar  chiqib  qoladi.  Bularning  barchasi  tuproqning  agronomik
            xususiyatlarini  yomonlashtiradi.  Eroziya  jarayonlari  ayniqsa  sezilarli  nishablikdagi
            qiyaliklarga  ega  bo‘lgan  tog‘  va  tog‘  oldi  tekisliklarida  yaqqol  namoyon  bo‘ladi.
            Bunda,  lalmikor  va  yaylov  mintaqalarida  asosan  suv  eroziyasi,  sug‘oriladigan
            yerlarda  esa  irrigatsion  eroziya  rivojlanadi.  Shamol  eroziyasi  asosan  cho‘l


                                                            64
   59   60   61   62   63   64   65   66   67   68   69